Zangiotada fojea: uyqularida gazdan zaharlangan

Gaz plitasi Image copyright Getty Images

Matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Zangiota tumani "Rahbar obod" deb nomlangan mahallasida ro'y bergan fojea haqidagi xabar zudlik bilan tarqaldi.

Mahallaga yaqinda ko'chib kelgan yosh er-xotinning jasadi uylari ichidan topilgan.

Gaz mutaxassislari fojeaga gaz uskunasining noto'g'ri o'rnatilgani sabab bo'lgan bo'lishi mumkinligi haqidagi dastlabki taxminni bildirganlar.

"Rahbar obod" mahallasi yashovchilarining aytishlaricha, yosh oila yaqinda o'zlarining ko'p qavatli binodagi to'rt xonali uyini sotib bu yerga ko'chib kelishgan va hovlida o'zlarining xo'jaligini yo'lga qo'yishni rejalaganlar.

Er-xotinning hali farzandlari bo'lmagan.

Mahalladoshlarning so'zlariga qaraganda, qarindoshlari qo'ng'iroq qilib er-xotinni topisha olmagan. Ertasi kuni kelishganida uy ichkaridan qulflanganini ko'rishgan. Oynani sindirib ichkariga kirishganida uyi ichida kuchli gaz hidi bo'lgan. Er-xotinning jasadi yotoqxonada topilgan, uxlab yotgan joylarida gazdan zaharlanib o'lganlar.

Yosh oila a'zolarining dafn marosimi 10 noyabrga belgilangan.

O'zbekistonda insonlarning gazdan zaharlanishi hodisalari tez-tez yuz berib turadi.

Bunga uyni isitish va ovqat pishirish maqsadidagi gaz uskunalarini o'rnatishda texnika xavfsizligi talablariga rioya qilmaslik ham sabab bo'ladi.

Tabiiy gaz tizimiga ulangan xonadonlarda tunda gaz ta'minotining to'xtab qolishi va keyin gaz kelishi portlashlarga ham olib kelgan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring