Qirg'iziston sobiq prezidenti milliard dollarlik loyihaga sarmoya yotqizmoqda

Kurmanbek Bakiev Image copyright Ria Novosti

Qirg'iziston sobiq prezidenti Kurmanbek Bakiev hozirda o'zi yashab turgan Belorusda 1 milliarda Amerika dollarilik "Belorus milliy biotexnologiyalar korporatsiyasiga" sarmoya yotqizmoqda.

Xabarlarga ko'ra, janob Bakiev sarmoyani o'z o'g'illari bilan birgalikda sarflash ilinjida.

Belorus matbuotiga gapirgan manbalardan biri, "Janob Bakiev va uning o'g'illari Qirg'izistonda bu kabi loyiha bilan avval ham shug'ullanishgani, 0endilikda yotqizilayotgan pullar qisman shaxsan ularga tegishli, qisman esa boshqa hissadorlar mablag'lari bo'lishi mumkinli"ligini aytgan.

Yaqinda "Minsk" mehmonxonasi boshqaruvchisi etib tayinlangan janob Bakievning turmush o'rtog'i bu loyiha borasida biron ma'lumotga ega emasligini aytgan.

"Belorus milliy biotexnologiyalar korporatsiyasi"ning 33% hissalriga ega bo'lgan Minsk viloyat Ijroiya Qo'mitasi ham loyiha "hali o'ta boshlang'iya bosqichda" ekanligini aytib, sharhlashdan bosh tortgan.

Rossiya matbuotiga ko'ra, ushbu korporatsiya shu yil avgust oyida qayd etilgan.

Korxona Rudensk shahrida qurilib, uning agrosanoat sohasida yuqori texnologiyalar asosida chorvachilik uchun yem va yemga qo'shib beriluvchi moddalarni ishlab chiqishi rejalangan.

Lekin Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenko matbuot xizmati bu kabi loyiha rejalanganligini tasdiqlab, 2032 yilga qadar qator soliq imtiyozlari berilishini bildirgan.

Rudenskdagi loyihaning qiymati hammasi bo'lib 1 milliard dollar bo'lishi aytilgan. Rasmiy farmonda "Belorus milliy biotexnologiyalar korporatsiya" o'z moliyasini ishlatishi aytilgan. Xitoy banklaridan biri ham sarmoyachi sifatida jalb qilinishi mumkinligi bildirilgan.

Shuning uchun loyiha qiymatining aynan qancha qismi Bakievlar tomonidan yotqizilishi noma'lum ekanligini aytishimiz mumkin.

Kurmanbek Bakiev 2010 yili Qirg'izistondagi inqilob ortidan mamlakatni tark etgandi.

Qirg'iziston mahkamasi Bakiev va uning o'g'liga nisbatan sirtdan ommaviy qotillik, rasmiy vazifasini suiste'mol qilish va yana qator jinoyatlarda ayblov e'lon qilib, xalqaro qidiruvga bergandi.

Belorusda Kurmanbek Bakievga fuqarolik berilgan va Bishkekning uni ekstraditsiya qilish talabi rad etilgan.

Shu yil oktyabr oyida Bakievning ikkinchi rafiqasi Nazgul Tolomushova "Otel Minsk" unitar korxonasining direktori etib tayinlangani xabar berilgandi.

"Otel Minsk" rasman Belorus prezidenti ma'muriyatining Ishlar boshqarmasiga tegishli mehmonxona hisoblanadi.

Minskda panoh topgan Qurmanbek Bakiev birmuncha vaqt jurnalistlar emin-erkin muloqot qilib yurdi.

Jurnalistlarning qaysi pulga yashayotgani haqidagi savollariga o'zining jamg'armasi hisobiga, deya javob bergan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring