Video - Tramp afg'on mojarosiga yakun yasay oladimi?

Jangarilar Image copyright video

Kechayotgan hafta jahon miqyosida Amerika prezident saylovlari va unda kutilmaganda Respublikachi nomzod Donald Trampning g'alaba qozonishi bilan yodda qoladigan bo'ldi.

(Videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling)

Saylovoldi kampaniyalari chog'ida g'ayriodatiy bayonotlari ko'p bo'lmadimi, uning g'alabasi aksariyat dunyo davlatlarida anchayin xavotir bilan qarshi olingani bor gap.

Ammo shunga qaramay, jahonning har burchagidan Amerika yangi prezidentiga tabriklar yog'ilmoqda.

Janob Trampga o'z tabriklarini yo'llab, o'zaro hamkorlikka umid qilib qolganlar orasida O'zbekiston doxil qator mintaqa davlatlari rahbarlari, Afg'oniston prezidenti va ijroiy raisi ham bor.

O'tgan 15 yil ichida esa, Afg'oniston masalasida aynan Amerika yetakchi o'rinni tutib kelgan.

Shunday ekan, Amerikadagi saylovlar va unda Donald Trampning g'alabasi Afg'onistonda qanday qarshi olinmoqda?

Trampning Afg'oniston va afg'on mojarosiga nisbatan siyosati qanday bo'lishi mumkin?

U Afg'onistonda Amerika harbiylarini qoldiradimi va yoki butkul olib chiqib ketadimi?

Agar, olib chiqib ketgudek bo'lsa, u holda shundoq ham xavfsizlik bilan bog'liq vaziyati izdan chiqib borayotgan Afg'onistonga nima bo'ladi?

Bu haftalik "So'z Sizga" dasturimiz xuddi shu savollar atrofida - nazardan qochirmang, qiziq.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring