Saylov natijalari O'zbekiston uchun nimani anglatadi?

Amerika prezidenti etib saylangan Donald Tramp Oq Uyda joriy Prezident Barak Obama bilan uchrashuvgan Image copyright AP
Image caption Amerika prezidenti etib saylangan Donald Tramp Oq Uyda joriy Prezident Barak Obama bilan uchrashuvgan

Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti etib saylangan Donald Tramp Oq Uyda joriy Prezident Barak Obama bilan uchrashuvini o'zi uchun "sharaf" deb atagan.

Janob Obama esa ikki o'rtada bir soatdan ortiq davom etgan "ajoyib" suhbatdan "ruhi ko'tarilgan"ini aytgan.

Uchrashuv AQShda seshanba kuni kechgan saylovlarida Donald Trampning ko'plar uchun kutilmagan g'alabasi ortidan kuzatilgan.

Ayni paytda Amerikaning Vashington, Nyu-York, Los-Anjeles va Chikago kabi qator shaharlarida minglab odamlar Donald Trampning prezident etib saylanganiga qarshi o'z noroziligini izhor etib ko'chalarga chiqqanlar.

Amerikadan jurnalist Navbahor Imomovaning aytishicha, saylovoldi kampaniya Amerikani "bir emas, bir necha bo'lakka bo'lib yuborgan". Endi yangi prezident Donald Tramp bu bo'linishlarni bartaraf etish yo'lida ishlashi kerak bo'ladi.

Ammo, AQShdagi saylov natijalari Markaziy Osiyo, xususan, O'zbekiston uchun nimani anglatadi?

Bu haqdagi suhbatimizni BBCUZBEK ning YouTube kanalida tomosha qiling

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring