Trampning musulmonlarga oid so'zlari yo'qolib qoldi

Amerika musulmonlari Image copyright COURTESY

Respublikachi nomzodning AQSh prezident saylovlarida g'alabasini ta'minlagan bir qancha shov-shuvli da'vatlari uning rasmiy web-saytidan olib tashlangan.

Ayon bo'lishicha, ularning sirasida musulmonlarning Amerika Qo'sha Shtatlariga kirishlarini butkul taqiqlashga oid chaqirig'i ham bor.

Donald Trampning bu da'vati Kaliforniyaning San-Bernardino shahrida yuz bergan otishma ortidan yangragandi.

Ammo janob Trampning saylov shtabi vakillari uning rasmiy web-saytidagi so'nggi o'zgarishlar yuzasidan izoh berishdan bosh tortishgan.

Amerika va musulmonlar

O'tgan yil oxirida Janubiy Karolinada o'z saylovchilari qarshisida chiqish qilarkan, janob Tramp bundan boshqa tanlovlari yo'qligini aytgandi.

Respublikachi nomzod so'nggi so'rovlar aksariyat musulmonlarning Amerikaga nisbatan nafrat tuyishlariga dalolat qilishini iddao qilgandi.

"Buning tagiga etmagunlaricha, chetdan kelayotgan musulmonlarga Amerika eshiklari yopilishi lozim"ligini bayon qilgandi.

"Pyu" tadqiqot markazining yangi hisobotida aytilishicha, musulmonlarning migratsiyasiga oid Amerika Qo'shma Shtatlaridagi so'nggi bahsu munozaralar aksariyatda ular hozir mamlakat aholisining necha foizini tashkil etishiga oid savollarni paydo qilmay qolmagan.

"Ammo aholini ro'yxatga olish ishlari jarayonida fuqarolardan diniy mansubliklari so'ralmasligi bois, Amerikadagi musulmonlarning aniq soniga oid rasmiy ma'lumotlar yo'q", - deyiladi markazning hisobotida.

Agar, o'tgan yilgi imkonli bo'lgan ma'lumotlarga tayanilsa, ularning soni qariyb 322 million kishidan iborat.

Tadqiqotchilarning o'z xulosalariga tayanib aytishlaricha, Amerikadagi musulmonlarning soni kelasi 35 yil ichida 1 foizdan 2.1 foizga ortadi.

O'zining bu da'vati ham Amerika ichkarisi va ham tashqarisida keskin tanqidlarga sabab bo'lgan esa-da, Donald Tramp prezidentlik uchun kurashidan voz kechmasligini bayon qilgandi.

Yangi rejalar

AQSh Kongressi spikeri Pol Rayan bilan payshanba kungi uchrashuvi ortidan, yangi saylangan Respublikachi prezident o'z rejalari bilan o'rtoqlashgan.

Prezident kursisini egallashi bilan qilajak ishlari haqida aytib bergan.

Eng avvalo soliqlarni kamaytirish, prezident Barak Obamaning mamlakat Sog'liqni saqlash tizimiga oid islohotlarini bekor qilish va migratsiya muammosi bilan shug'ullanishga va'da bergan.

"Biz amerikaliklar uchun ajoyib ishlarni amalga oshiramiz", - deb aytgan Donald Tramp.

Orada yakshanba kuni saylangan yangi prezident Oq uyda Barak Obama bilan ham uchrashgan.

Qudratni silliqlik bilan o'z qo'liga olish masalasini muhokama etgan.

Barak Obama bilan uchrashish - o'zi uchun katta sharaf ekanini ham qo'shimcha qilgan.

"Ko'plab savollarni qamrab olgan a'lo darajadagi suhbatlaridan" qanchalik ruhlanganini bayon qilishni-da unutmagan.

Oq uy vakili Josh Ernestning so'zlariga tayanilsa, Barak Obama qudratni g'olib Respublikachi nomzodga silliqlik bilan topshirishga chin dildan va'da bergan.

Uning bu so'zlari ikkovlonning Oq uydagi uchrashuvlari arafasida yangragan, ammo vakil janoblari "Donald Tramp va Barak Obamalarning "muloqotlari oson kechmasligi"ni bashorat qilgandi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq