Video - Amerikadagi o'zbeklar kimga ovoz berishdi?

Amerikada namoyishlar davom etmoqda Image copyright AP
Image caption Amerikada namoyishlar davom etmoqda

AQSh prezidentlik saylovida Donald Trampning g'alabasi ortidan ikkinchi kundirki norozilik namoyishlari davom etmoqda. Oregon shtatidagi namoyishlar zo'ravon tus olgan.

Minglab namoyishchilar Portlend shahri markaziga to'planishgan, ayrimlar do'konlar va avtomashinalar oynalarini sindirishgan. Politsiya 30 ga yaqin odamni hibsga olganini aytgan.

Ba'zi AQSh shaharlarida esa chorshanba kunidagiga qaraganda kichikroq namoyishlar kuzatilgan.

Ayni paytda Amerikada saylash huquqiga ega bo'lgan o'zbekistonliklar ham ko'pchilikni tashkil qiladi.

Ular kimlarga ovoz berishgan va saylovdan keyingi kayfiyat qanday?

Image caption Jahongir Muhammad oilasi bilan Hillari Klintonga ovoz berganini aytadi

Biz Qo'shma Shtatlarda yashovchi taniqli jurnalist Jahongir Muhammadni bu haqda suhbatga tortdik va avvaliga uning o'zi kimga ovoz bergani haqida so'radik.

Suhbatni BBCUZBEK ning YouTube kanalida tomosha qiling

Saylov natijalari O'zbekiston uchun nimani anglatadi?

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq