Мозори-Шарифда Толибон ҳужуми
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Mozori-Sharifda Tolibon hujumi

Tolibon isyonkorlari shimoliy Afg'onistonning Mozori-Sharif shahridagi Olmoniya konsulligiga hujum qilib, kamida 6 kishini o'ldirishgan.

Yaralanganlar soni 130 nafarga yaqin.

Kecha payshanba oqshomi hujumchi avtoulovga ortilgan portlovchi moddani diplomatik vakolatxona binosi yonida portlatgan.

Olmoniya fuqarolariga ziyon etmagan. Qurbonlar va jabrdiydalar aksar mahalliy odamlar.

O'zbekistonga chegaradosh Balx viloyati markazi bo'lmish Mozori-Sharif shahri nisbatan tinch sanaladi.

Biroq Tolibonga ko'ra, ular o'tgan oyda AQSh kuchlari Qunduz shahriga qilgan havo hujumi uchun qasos olishgan.

Qunduzdagi o'sha hujumda 30 nafar tinch aholi halok bo'lgandi.

Mozori-Sharifda Olmoniya etakchiligidagi NATO vakolatxonasi va ming nafar atrofida G'arb qo'shinlari bor.

BBC O'zbek xizmatining videolarini YouTube BBCUZBEK https://www.youtube.com/user/bbcuzbek kanalida ham ko'rishingiz mumkin.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring