Ноилождан номзодлар
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Prezident saylovlari: noilojdan nomzodlar

4 dekabrda o'zbekistonliklar mustaqillik tarixida birinchi marta Islom Karimovsiz saylovda ovoz berishadi.

Ular mamlakat prezidentini saylaydilar.

Saylovoldi harakatlarini boshlagan to'rt nomzod o'z dasturlarida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal etish bilan xalqning farovonligini ko'tarishga va'dalar bermoqdalar.

Shuningdek, nomzodlar viloyatlarga safar qilib, potentsial saylovchilar bilan ham uchrashmoqdalar.

Markaziy Saylov kommissiyasi qonunga binoan nomzodlarning saylovoldi tashviqotlariga ommaviy axborot vositalarida teng imkoniyatlar yaratgan.

Xususan, har bir nomzodga tele va radio kanallarida ming daqiqaga yaqin efir vaqti belgilangan.

O'zbekiston televideniesi nomzodlarning saylovoldi tashviqot videoroliklarini muntazam ko'rsatib kelmoqda.

Biroq, kuzatuvchilar nomzodlarning tashviqot-targ'ibot materiallari xuddi bitta ijodiy korxona tomonidan aynan bir qolipda yaratilgandek, bir-biridan unchalik farq qilmasligiga e'tibor qaratishadi.