Yangi Zelandiya: Zilzila ortidan tsunami

Er qimirlashi hali tugagani yo'q Image copyright FRESH CHOICE NELSON CITY
Image caption Er qimirlashi hali tugagani yo'q

Yangi Zelandiyaning janubiy orolida yer qimirlashi ortidan u yerga tsunami kelib urildi.

AQSh geologik tadqiqot markaziga ko'ra, kuchi 7,8 ballni tashkil qilgan zilzila Kraystchyorch shahridan 95 chaqirim masofada yarim tunda yuz bergan.

Ikki soatdan so'ng tsunami shimoliy-sharqiy qirg'oqlarga kelib urilgan.

Rasmiylarga ko'ra, tsunamilar bir necha soat davom etishi va bunisi eng kattasi bo'lmasligi mumkin.

Aholidan qirg'oqdan uzoqroqqa ketish yoki qirg'oq bo'yidagi tepaliklarga chiqish so'ralgan.

Mahalliy ko'rsatkichlarga ko'ra, to'lqinlarning balandligi 2,5 metr bo'lgan.

Aytilishicha, kichikroq to'lqinlar poytaxt Vellington va boshqa hududlarga kelib urilyapti.

Mudofaa vazirligi kamida 5 metrlik to'lqinlar Malboro va Banks yarim oroli o'rtasiga kelib urilishi kutilayotganini bildirdi.

Radio New Zealand xabar berishicha, minglab odamlar uylarini tark etishgan.

Xavfsiz hududlarda ekani ishonilgan hududlarda yashovchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali o'z uylarida boshpana taklif qilishgan.

Yangi Zelandiya deyarli butun Tinch okeani gardishi bo'ylab yuz beradigan zilzilalar va vulqonlar chizig'i sanalmish badnom Olov Halqasi ustida joylashgan.

2011 yilda Kraystchyorchda yuz bergan zilzila 185 odamni o'ldirgan va shahar markazini vayron qilgandi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring