Мянмарда Роҳингаларга қарши "тозалаш" амалиёти
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Myanmarda Rohingalarga qarshi "tozalash" amaliyoti

Myanmar harbiylari xabar tarqatishicha, 13 noyabr kuni Raxine shtatidagi chekka qishloqda 25 Rohinga musulmoni o'ldirilgan.

Myanmar rasmiylari, bu odamlar qilichlar va yog'och to'qmoqlar bilan qurollangan edilar, deydilar.

12 noyabr kuni Raxine shtatidagi qishloqlarga qurolli tikucharlar bilan hujum qilingan.

8 odam halok bo'lgani, ular orasida ikki askar ham bo'lganini aytganlar rasmiylar.

Armiya, qurollangan Rohingalarga qarshi "tozalash" amaliyoti borayapti, deydi.

Internet sotsial tarmoqlarida foto va videolar tarqalgan, ularda halok bo'lganlar orasida bolalar va ayollar ham borligini ko'rish mumkin.

Yuzlab qishloq yashovchilari o'zlarining qishloqlarini tashlab qochishga majbur bo'lganlar.

BBC muxbiri Jonah Fisher tayyorlagan videolavhada, Myanmar harbiylarining Rohinga musulmonlarini o'ldirayotgani, ayollarni jinsiy zo'rlayotgani haqidagi da'volarni o'rganishni mamlakatning demokrat rahbari Aun San Su Chi ham xohlamayapti, deydi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring