"AQSh armiyasi Afg'onistonda harbiy jinoyatlar sodir etgan bo'lishi mumkin"

Afg'onistonda Amerika qo'shinlari Image copyright AP
Image caption Afg'onistonda Amerika qo'shinlari

Amerika qurolli kuchlari va Markaziy Josuslik xizmati Afg'onistonda harbiy jinoyatlar sodir etgan bo'lishlari mumkin, deyiladi Gaagadagi Xalqaro Jinoiy Mahkamaning dastlabki xulosasida.

Ayni hisobotga ko'ra, AQSh armiyasi harbiylari 2003 yilning 1 mayidan 2014 yil 31 dekabriga qadar kamida 61 mahbusga nisbatan shafqatsiz munosabat, ularni qiynoqqa solish amallariga aloqador bo'lgani ehtimoli bor.

Markaziy Josuslik xizmati xodimlari esa, Afg'oniston doxil Polsha, Ruminiya va Litvalik mahbuslarga shafqatsiz munosabatda mas'ul bo'lgani gumon qilinmoqda.

Hisobotga ko'ra, bu "shafqatsiz munosabatlar" 2002 yilning dekabridan 2008 yil mart oyiga qadar sodir bo'lgan.

Yaqin kunlarda Xalqaro Jinoiy mahkama mazkur hollar yuzasidan ayblov e'lon etish yoki etmaslik masalasida qaror beradi.

AQSh Davlat departamentining vakili Elizabet Tryudo esa tergov uchun asos ko'rmayotganini aytgan.

"Amerika Qo'shma Shtatlari harbiy qonunlarga o'ta mas'uliyatli yondashadi. Bizda ishonchli tergov tizimi mavjud va bu tizim xalqaro me'yorlarga to'la javob beradi", deb aytgan u.

Pentagon voizi Jef Devis Xalqaro Mahkamadan tergovga oid ma'lumotlarni kutayotganini aytgan.

Xalqaro Jinoiy mahkamaga Gaagada 1998 yil tashkil qilingan va 2002 yildan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Mahkama tuzilishini oltmishdan ortiq davlat qo'llab-quvvatlagandi.

Hozirgi kunga qadar Xalqaro Jinoiy mahkamaga 124 mamlakat a'zo bo'lgan.

Ammo Amerika Qo'shma Shtatlari Xalqaro Jinoiy Mahkama tarkibida yo'q.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring