Video - "Hijobingni yechmasang, yoqaman"

Michigan Image copyright COURTESY

Mahalliy politsiyaning ma'lum qilishicha, notanish shaxs Michigan Universiteti talabasiga xuddi ana shunday deb tahdid qilgan.

"Agar, hijobini yechmasa, unga o't qo'yajagi" bilan po'pisa qilgan.

(Videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling)

Hodisa o'tgan juma kuni mahalliy vaqt bilan shomga yaqin Enn-Arbor shahridagi Talabalar shaharchasining shundoqqina tashqarisida yuz bergan.

Politsiya mulozimlarining so'zlaridan ma'lum bo'lishicha, talaba qiz notanish shaxsning aytganiga ko'nganu, sathni sog'-omon tark etgan.

Michigan Universiteti mas'uli Dayan Braun nazdida, "bu - diniy nafrat zaminida amalga oshirilgan jinoyat bo'lgan".

U bu haqdagi fikrlarini Amerikaning nufuzli "Vashington Post" nashriga izhor etgan.

Nashrning ma'lumotlaridan ayon bo'lishicha, Respublikachi nomzod Donald Trampning prezident saylovlaridagi g'alabasi ortidan, Amerikada bunga o'xshash hollar ortgan.

Donald Tramp esa, saylovoldi kampaniyasi chog'ida o'zining musulmonlar va muhojirlarga qarshi keskin chiqishlari bilan tanilgan - tafsilotlari videolavhamizda, nazardan qochirmang, muhim.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring