Rossiya Xalqaro Jinoyat mahkamasiga a'zo bo'lmaydi

Xalqaro Jinoyat mahkamasining Haagadagi idorasi Image copyright Getty Images

Prezident Vladimir Putin Rossiyaning Haagadagi Xalqaro Jinoyat mahkamasi (ICC) ga a'zo bo'lib kirish jarayonini to'xtatish haqidagi farmoyishni imzolagan.

Bunga Xalqaro Jinoyat mahkamasi hisobotida Rossiyaning Qrimni anneksiya qilganini qurolli mojaro deb atagani sabab bo'lgan.

Prezident Putin 16 noyabr kuni imzolagan farmoyish "Rossiya Federatsiyasining Xalqaro jinoyat mahkamasining Rim statuti a'zosi bo'lmaslik xohishi haqida" deb nomlangan.

Bu tashabbus Rossiya Adliya vazirligi tomonidan ilgari surilgani, Oliy Sud va boshqa muassasalar roziligi olingani xabar qilingan.

Rim statutini Rossiya 2000 yil 13 sentyabrida imzolagan, biroq shu paytgacha ratifikatsiya qilmagan edi.

Shu bois Rossiya Xalqaro Jinoyat mahkamasining a'zo mamlakati hisoblanmaydi, ICC bilan faqat kuzatuvchi sifatida hamkorlik qiladi.

Xalqaro Jinoyat mahkamasi prokurori 15 noyabr kuni e'lon qilgan hisobotda, Rossiyaning 2014 yili Qrimni anneksiya qilishdan oldin qilgan harakatlari qurolli mojaroga teng vaziyatni yuzaga keltirgan, deb yozilgan.

Xalqaro Jinoyat mahkamasi qurolli mojaroning asosiy alomatini shunda ko'radiki, Rossiya Ukraina hukumatining roziligisiz Qrim yarim orolidagi qurolli kuchlar shaxsiy tarkibidan foydalanib Qrim ustidan nazoratni qo'lga kiritgan.

Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi xalqaro konflikt hisoblanadimi yoki yo'qmi - bu borada ICC hali qaror qabul qilishi lozim.

ICCning bu boradagi qarori o'sha vaqtlarda ro'y bergan jinoyatlarga oid ishlar hukmiga ta'sir ko'rsatadi.

Rossiya 2014 yilning martida Qrimni o'ziga qo'shib oldi, bunga Rossiya harbiylari nazorati ostida o'tkazilgan referendumda qrimliklarning Rossiya tarkibiga qo'shilishni yoqlab ovoz berganlari asosida qaror qabul qilingani e'lon etildi.

Bu referendum natijalarini Ukraina va BMTga a'zo mamlakatlarning aksari qonuniy deb tan olmaydi.

Qrim anneksiyasi bois G'arb Rossiyaga qarshi sanktsiyalar joriy etdi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring