IShID qadimiy Nimrudga yetkazgan shikast

Mahalliy qo'mondonlardan biri: "100 foiz vayron etilgan" Image copyright AFP
Image caption Mahalliy qo'mondonlardan biri: "100 foiz vayron etilgan"

O'zini "Islomiy Davlat" deb atagan guruh Iroqning qadimgi shahri Nimrudga etkazgan shikast miqyosi aniqlashmoqda.

Ikki kun ilgari Iroq hukumat kuchlari Nimrud ustidan nazoratni qo'lga kiritgan edilar.

Qadimgi shaharning aksar qismi vayronalar ostida qolgan, haykallar parchalab tashlangan.

O'tgan yili IShID o'zining videolarini tarqatgan, bu videokadrlarda jangarilar haykallar va boshqa osori-atiqalarni portlatayotganlari yoki urib sindirayotganlari aks etgan edi.

Iroq hukumat kuchlari Nimrudni Mosul shahrini IShID qo'lidan tortib olish maqsadidagi yirik amaliyot doirasida o'z nazoratiga oldi.

Mosul ikki yil davomida IShIDning Iroqdagi bosh qarorgohi bo'lib xizmat qilib keldi.

Image copyright AFP
Image caption Mana bu fotosuratda eshik yonidagi ikki ulkan qanotli buqalar haykallari aks etgan
Image copyright AFP
Image caption Mosuldan 32 kilometr janubda joylashgan Nimrud shahriga 3300 yil oldin asos solingan

Harbiy uchoqlar Mosul aeroportini bombardimonga tutar ekan, Iroq qurolli kuchlarining maxsus tezkor guruhi Albu Saif qishlog'i atrofini o'rab olgan.

Mosuldan 32 kilometr janubda joylashgan Nimrud shahriga 3300 yil oldin asos solingan.

Keyinroq Assuriya imperiyasi poytaxti Kalxu deb bilingan.

Qadimgi Nimrud 3,5 kvadrat kilometr maydonni egallagan, u yerda mashhur "qal'a", Assuriya shohlarining qasr va maqbaralari, ular o'ziga xudo deb bilgan ilohlari uchun barpo etgan ibodatxonalar, ulkan sherlar va qanotli buqalarning haykallari, zikkurat bor edi.

IShID Nimrudni 2014 yilning iyunida Mosulni qo'lga kiritganidan keyin bosib olgandi.

Image copyright AFP
Image caption Nimrudda zikkurat bor edi. To'g'ri burchakli qal'a shaklidagi zikkurat shu vaqtgacha qadimgi zamonlardan saqlanib qolgan eng baland bino qoldiqlari deb ko'rilardi.
Image copyright AFP
Image caption Mana bu fotosuratda eshik yonidagi ikki ulkan qanotli buqalar haykallari aks etgan

2015 yil martida Iroq Turizm vazirligi IShID jangarilari qadimgi shaharni vayron etish uchun buldozer va boshqa og'ir texnikani ishga solayotgani haqida xabar tarqatgan edi.

Oradan bir oy o'tib, IShID jangarilar haykallarni bolg'alar bilan urib vayron etayotgani, qolganini esa portlatib yuborganlari tasvirlari tushirilgan videoni e'lon qildi.

Image copyright AFP
Image caption IShID 2015 yil aprelida e'lon qilgan videoda Nimrud qanday portlatilgani aks etgan.
Image copyright AFP
Image caption IShID videosida jangarilar haykallarni bolg'alar bilan urib vayron etayotgani ham aks etgan.

Nimrudning hozirgi ahvolini borib ko'rgan mahalliy qo'mondonlardan biri Ali al-Bayatiy shunday degan: "Avvallari bu erga kelganingda, qadim zamonlarda qanday yashaganlarini tasavvur qila olarding. Endi hech narsa qolmagan".

"100 foiz vayron qilingan. Nimrudni yo'qotish men uchun o'z uyimni yo'qotishdan ham og'riqliroq", deb aytgan Ali al-Bayatiy.

Image copyright AFP
Image caption IShID Islomdan oldingi san'at va me'morchilik namunalarini butparastlik deb biladi.
Image copyright AFP
Image caption Iroqning osori-atiqasi vayron etilishini UNESCO urush jinoyati deb ta'rifladi.

BMTning ma'rifat, ilm-fan va madaniyat bo'yicha bo'limi UNESCO Nimrudning vayron etilishini urush jinoyati deb ta'rifladi.

"IShID Iroq xalqi tarixining hamma izlarini yo'q qilish qarorida qat'iy", deb qoralagan UNESCO.

O'zini jihodchi guruh deb biladigan IShID Islom dinidan oldingi zamonlarga oid san'at va me'morchilik namunalari butparastlik deb biladi hamda Iroq va Suriya hududidagi bir necha qadimgi joylarni vayron etdi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring