Робот "ошпаз"лар
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Robot "oshpaz"lar

Robotlar uchoqlarda beriladigan ovqatlarni tayyorlashmoqda.

Uchoqda (samolyotda) beriladigan ovqat qaerdan kelgani, kim tayyorlagani haqida o'ylab ko'rganmisiz?

Mana shunday oshxonada tayyorlangan bo'lsa, ne ajab? "Oshpaz" esa ...robot.

SATS shirkati Singapurda kuniga 250 000 dona uchoq yemaklarini tayyorlaydi.

...bu jarayonda ham odamlar va ham robotlar qatnashadi...

Bu yerda tayyorlangan taomlar keyin 13 davlatdagi 46 aeroportga jo'natiladi.

Havo yo'llarini oziq-ovqat bilan ta'minlaydigan ko'plab shirkatlar kabi bular ham "eng yaxshi" bo'lmoqchi...

Xalqaro yo'lovchilar uchun eng mazali taomlarni etkazib berish yo'lida harakat qilishmoqda.

"Odamlar va robotlar birga hamkorlikda ishlashi kerak", deydi shirkat rahbarlaridan biri.

"Muhimi texnologiya va oshpazlik iste'dodi o'rtasida muvozanatni saqlash va o'z faoliyatimizda, oshpazlikda Osiyoning betakror lazzatini dunyoga yoyish va samaradorlikni saqlash...

Texnologiyalarni bardavom ishlatish, ayniqsa katta bir miqyosda juda muhim".

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring