Video - Afg'onistonga nimalar bo'lmoqda?

Milliy birdamlik hukumati Image copyright video

Shundoq ham zo'ravonliklar girdobida bo'lgan Afg'onistonda yana bir siyosiy inqiroz vujudga kelishi xavfi paydo bo'lgan.

(Videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling)

Mamlakat parlamenti o'tgan olti kunning ichida "ishini eplay olmaganlik" xulosasi bilan 10 ga yaqin hukumat vazirining faoliyatiga o'z ishonchsizligini bildirgan.

Ularning orasida Afg'oniston Tashqi ishlar vaziri ham.

Ustiga ustak, bu jarayonning hali yana davom etishi va qolgan ko'plab vazirlarni ham qamrab olishi kutilmoqda.

Prezident Muhammad Ashraf G'aniy eng avvalo mamlakatdagi xavfsizlik bilan bog'liq vaziyat va mavjud iqtisodiy sharoitni nazarda tutib, mamlakat parlamentidan bu ishga chek qo'yishlarini so'ragan.

Parlamentning ishonchsizligiga loyiq, deb topilgan vazirlar taqdirini mamlakat Oliy Mahkamasi hukmiga havola etgan.

Ungacha bu vazirlarning o'z faoliyatlarini davom etdirishlariga buyruq bergan.

Afg'oniston parlamenti esa, bu jarayonni davom etdirajagini bayon qilgan.

Mahalliy huquqshunoslar nazdlarida, mazkur jarayonga prezident G'aniyning aralashuvi qonunga zid bir amal bo'lgan.

Voqealarning so'nggi rivoji esa, ham Afg'oniston ichkarisi va tashqarisida jiddiy xavotirlarga sabab bo'lmay qolmagan.

Afg'oniston xavfsizligi va urushlar ichidagi bu mamlakatning oyoqqa turishi uchun suv hamda havodek zarur bo'lgan milliardlab dollarlik xorijiy moliyaviy ko'maklar taqdirini savol ostida qoldirgan.

Ustiga ustak, mavjud holat qudrat taqsimoti yuzasidan Afg'oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G'aniy, ijroiy rais va mamlakat birinchi vitse-prezidenti general Abdulrashid Do'stum orasidagi siyosiy inqiroz hanuz yakuniy yechimini topmagan bir manzarada bo'y ko'rsatgan.

Shunday ekan, bular barchasi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? - Bu haftalik "So'z Sizga" dasturimiz ayni shu mavzuga bag'ishlangan.

Nazardan qochirmang.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring