“Tojikistonliklar o'limiga elektr qisqa tutashuvi sabab bo'lishi mumkin”

Ёнғин рўй берган вагон Image copyright mchs.gov.ru

Rossiyaning Tyumen viloyatidagi yong'inga mehnat muhojirlari yashagan vagondagi elektr qisqa tutashuvi sabab bo'lgan bo'lishi mumkin, degan taxminni ilgari surishdi Tyumen huquq-tartibot organlari.

Tyumen viloyatidagi Yurginskoe qishlog'idan 7 kilometr uzoqlikda parranda fabrikasi qurilmoqda, bu qurilishda Rossiyaga pul ishlab topish maqsadida borgan mehnat muhojirlari ishlamoqdalar.

Qurilish maydonidagi vagonda tungi soat 2 larda yong'in kelib chiqqan.

Oqibatda etti inson halok bo'lgan, uch kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlariga ko'ra, yong'inda halok bo'lgan etti inson Tojikiston fuqarolari bo'lishlari mumkin.

O't o'chirish xizmati yong'in joyiga etib borganlar, olovning 32 kvadrat metrni qoplaganini aytganlar.

Yong'inning juda tez tarqalgani xabar qilinmoqda.

Vagondagi yong'inni o'chirishga etti daqiqa ketgan, biroq insonlar hayotdan ko'z yumganlar.

O't o'chirish xizmatiga ko'ra, yong'in vagon eshigi ostonasida boshlangan, ichkaridagi odamlar vagonning yagona derazasidan tashqariga chiqishga intilganlar.

Oxirgi kunlarda Tyumenda havo harorati juda sovib ketgani, tunlari hatto -40 qacha tushayotgani xabar qilinmoqda.

Muhojirlar ayozdan saqlanish maqsadida vagon ichki devorini yog'och va shisha paxta bilan yopib chiqqanlar.

Ana shu holat alanganing tez tarqalishiga sabab bo'lgan.

Tyumen huquq-tartibot organlari ehtiyotsizlik sabab insonlar o'limiga olib kelgan yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik bandi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atganlar.

Yurginskoe qishlog'i yaqinida "Absolyut-Agro» shirkati parrandachilik fermasi qurilishini boshlagan, hozircha bu qurilishda qancha odam mehnat qilayotgani haqida axborot yo'q.

Biroq o'z mamlakatida oilasini boqishga etadigan daromad manbasi topolmagan millionlab o'zbekistonlik, tojikistonlik va qirg'istonliklar Rossiya fuqarolarining o'zlari ishlashni xohlamaydigan qurilish, boshqa og'ir jismoniy mehnatni talab qiladigan "qora ish"larda band ekanliklari ko'pchilikka ma'lum.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring