Hindistonda poyezd halokatidan o‘lganlar soni ortmoqda

Image copyright EPA
Image caption Guvohlarning aytishlaricha, poyezd odatiy tezlikda ketayotgan bo'lgan

Hindiston shimolida joylashgan Uttar Pradesh shtatida 14 vagonli poyezdning yo'ldan chiqib ketishi oqibatida nobud bo'lganlar soni 100 dan ortg

Politsiyaning aytishicha, hodisada 150 dan oshiq odam tan jarohati olgan.

Halokat shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi mahalliy vaqt bilan 03:00 da yuz bergan.

Qutqaruvchilar hamon ag'darilib ketgan vagonlar ichidan jasadlarni topishga urinishmoqda.

Halokat sathidan olingan tasvirlarni BBCUZBEK ning YouTube ko'ring

Pukxrayan qishlog'i yaqinida yuz bergan halokat sabablari hali ma'lum emas.

Poyezd yo'lovchilaridan biri Krishna Keshav Bi-bi-siga: "Biz ertalabgi soat 3 larda qattiq silkinishdan uyg'onib ketdik. Qator vagonlar yo'ldan chiqib ketgandi. Hamma dahshatga tushgandi. Men qator jasadlar va tan jarohati olgan odamlarni ko'rdim", deb aytdi.

Aksar jabrlanganlar parovoz yaqinidagi ikki vagonda bo'lishgan. Vagonlar ag'darib ketgan va o'ta qattiq shikastlangan.

Temir yo'llar xizmati yuqori martabali rasmiysi Pratap Ray matbuotga: "Biz insonlar hayotini saqlab qolish uchun barcha usullarni ishga solmoqdamiz. Ammo, metal vagonlarni kesish oson bo'lmayapti", deb aytgan.

Dehlidagi Bi-bi-si muxbiri Sanjoy Majumderning aytishicha, biroz oldin qutqaruvchilar ikki yosh bola doxil qator yo'lovchilarni vagonlardan olib chiqishgan.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Twitter sahifasida jabrlanganlar boshlaridan kechirayotgan og'riqni so'z bilan ifodalash mushkulligi haqida yozgan.

"Yaqinlarini yo'qotganlarga hamdardman. Poyezd halokati yaralanganni duo qilaman", deya qo'shimcha qilgan u.

Janob Modi Temir yo'llar bo'yicha vazir Suresh Prabhu bilan aloqada ekanini bildirgan.

Vazir janoblari Twitter sahifasida hodisa sabablari o'rganilayotgani va jabr ko'rganlarga tavon to'lanishini aytgan.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiringan.