Kobuldagi xudkushlik hujumida o'nlab qurbonlar bor

Masjid Image copyright Facebook
Image caption Masjid

Afg'oniston poytaxti Kobuldagi shialar masjidiga xudkush hujumchilik oqibatida kamida 27 kishi qurbon bo'lgan.

Bu haqda Afg'oniston politsiyasi ma'lum qilgan.

Boqirul Ulum masjididagi portlashda yaralanganlar soni 35 nafar ekani aytilmoqda.

Xudkush hujumchi masjid ichkarisiga kirib kelgan va ibodatga yig'ilgan ichida o'zini portlatib yuborgan, deyiladi xabarlarning birida.

Hozircha hech kim bu hujum uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olgani yo'q.

Afg'oniston qo'shni Pokiston, Yaqin Sharqdagi Iroq kabi mazhabiy zo'ravonliklar domiga tushmagan edi.

Mamlakat aholisining 15 foizini shia mazhabidagilar tashkil qiladi.

Iyul oyida shia namoyishchilarini nishonga olgan hujumda 80 kishi qurbon bo'lgandi.

Bu hujum uchun IShID jangarilari mas'uliyatni zimmasiga olgan edi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring