"Mirziyoyevdan qo'shnilar ko'p narsa kutyapti"

Shavkat Mirziyoyev va Atambayev

Toshkentda davlatlararo chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo'yicha O'zbekiston va Tojikiston hukumat hay'atlari ishchi guruhlarining uchrashuvlari nihoyasiga yetgan.

Tursunboy Bakir o'g'li bilan video suhbatni YouTube kanalimizda tomosha qiling.

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligining xabarida aytilishicha, ikki tomon davlat chegarasini huquqiy rasmiylashtirish masalasini muhokama qilishgan, jumladan, avval muvofiqlashtirilmagan chegara hududlari bo'yicha fikr almashilgan. Avvalroq O'zbekiston va Qirg'iziston hukumat hay'atlari davlat chegarasining bahsli deb ko'rilgan ja'mi 56 hududi yuzasidan kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

O'zbekistonning qo'shni davlatlar bilan chegara bahslarini yechish jarayoni Islom Karimov vafotidan so'ng jadallashgani kuzatilmoqda.

Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev qo'shni davlatlar bilan aloqalar va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishni tashqi siyosatning ustuvor yo'nalishi deb e'lon qilgan.

Oxirgi 10 yilda birinchi marta O'zbekiston va Qirg'izistonning hukumat va jamoatchilik vakillaridan iborat hay'atlari ikki davlatga tashrif buyurgan.

Qirg'iziston va Tojikiston mulozimlari yirik mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyat paydo bo'lganini aytishgan.

Har ikki davlat bilan chegara tartibining yumshashi va o'zaro bordi-keldilarning osonlashtirilishi haqida xabarlar olingan.

O'zbekistonning Tojikistondagi elchisi ikki davlat o'rtasidagi viza tartibi bekor qilinishi mumkinligiga ishora qilgan.

O'zbekiston Tojikistonning ziddiyatli Rog'un GESi qurilishini boshlagani haqidagi xabarga ochiq qarshilik bildirmagan.

Toshkentga tashrif buyurgan tojik hay'ati bilan ayni masalada maslahatlashuvlar bo'lib o'tgani xabar qilingan.

Marhum Prezident Islom Karimov davrida O'zbekistonning deyarli barcha qo'shni davlatlar bilan munosabatlari muammoli bo'lib kelgan edi.

Qo'shnilar rasmiy Toshkentni energetikadan siyosiy bosim vositasi sifatida foydalanishda ayblaganlar.

Qirg'iziston parlamentining sobiq deputati va sobiq Ombudsman Tursunboy Bakir o'g'li mintaqada Islom Karimov siyosatining ashaddiy tanqidchisi sifatida tanilgandi.

BBC qirg'izistonlik siyosatchi bilan shu oy boshida Istanbulda suhbatlashgan.

  • BBC qirg'izistonlik siyosatchi bilan shu oy boshida Istanbulda suhbatlashgan.
  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring