Tramp "vijdonsiz" matbuotga qarshi urush ochdi

Lester Holt va Vulf Blittser Image copyright Reuters
Image caption Trapm minorasidagi uchrashuvda CNNning yetakchi rahbariyati bo'lgan

Donald Trampning voiziga ko'ra, New York Times gazetasi rahbariyati bilan bir necha soat avval bekor qilingan yuzma-yuz uchrashuv endi bo'lib o'tadi.

Tramp avvalroq Twitterda mazkur gazetani "jirkanch" xabarlar tarqatish va uchrashuv shartlarini o'zgartirishda ayblagan.

Bir kun avval Tramp Amerikadagi matbuot rahbariyatini uning saylovoldi kampaniyasini "adolatsiz" yoritishda ayblab qoralagan.

Saylovoldi kampaniya chog'ida u matbuot "liberal" bir tomonlama xabarlar tarqatayotganini ko'p bora gapirgan.

Seshanba kuni ertalab Tramp Twitterda New York Times "oqsayotgan" gazeta deb atadi.

U bu bekor qilingan uchrashuv o'rniga o'z vazirlar mahkamasiga nomzodlar bilan "ajoyib uchrashuvlar" o'tkazishini aytgan.

Biroq, birozdan so'ng uning voizi Houp Hiks jurnalistlarga: "Uchrashuv rejalanganidek amalga oshadi", - deb aytdi.

New York Times siyosiy muxbiri Jonatan Maler Twitterda Trampning o'zi uchrashuv shartlarini o'zgartirishga uringanini da'vo qildi.

Unga ko'ra, Tramp u va hamkasblaridan uchrashuv yopiq va yozuvlarsiz bo'lishini so'ragan, ammo gazeta bu talabni rad qilgan.

New York Times voizi uchrashuv bekor qilinganini janob Trampning twitidan bilganini aytdi.

Mazkur gazeta Trampning biznes manfaatlari va prezidentlik lavozimi o'rtasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ehtimoliy ziddiyatlar haqida xabarlar tarqatib kelyapti.

Dushanba oqshomida Tramp Amerikadagi yetakchi telekanallar rahbarlari va yulduzlarini Tramp Minorasidagi yopiq uchrashuvga chaqirgan va saylovoldi xabarlaridan ko'p shikoyat qilgan.

New York Times xabar qilishicha, Tramp CNN prezidenti Jeffri Tsukerni "vijdonsiz" deb qoralagan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring