Neymar 2 yilga qamalishi so'raldi

Neymar Image copyright Getty Images
Image caption Neymar avvalroq sudda ko'rsatma bergan

Ispaniya prokurorlari Barselona futbol jamoasi hujumchisi Neymarga korruptsion ishdagi ishtiroki uchun ikki yillik qamoq jazo belgilanishini so'rashdi.

Mazkur mojaro Neymarning 2013 yilda Braziliyaning Santos klubidan transfer qilinishiga bog'liqdir.

Hakam Hose Perals, shuningdek, Barselona klubining sobiq prezidenti Sandro Roselning besh yilga qamalishi va klubga 8,4 million euro jarima belgilanishini so'radi.

Rosel, Neymar va uning otasi endi sudga tortilishi kutiladi.

Sudga shikoyatni Braziliyadagi DIS sarmoya guruhi topshirgan. Arzga binoan, bu guruh Neymar transfer huquqlarining 40 foiziga egalik qilgan, ammo u transfer qilinganida guruhga kam pul berilgan.

Rosel mazkur mojarodagi roli tufayli 2014 yilda iste'fo bergan va fevralda Bartomeu, Neymar va Neymarning otasi bilan birgalikda sudda ko'rsatma bergandi.

Barselona klubi iyun oyida boshqa bir masala bo'yicha prokurorlar bilan kelishishga muvaffaq bo'lgan: klub Neymar transferi ortidan soliqdan bosh tortgani uchun 5,51 million euro jarima to'lagandi.

Barselona mazkur mojarodan qutulganiga ishongandi, ammo Ispaniya prokurori sud hukmini sentyabrda bekor qildi.

Neymarning jamoadoshi Lionel Messi yil boshida soliq firibgarligi uchun 21 oylik qamoq jazosiga hukm etilgandi.

U hukmga qarshi arz qildi, ammo Ispaniya qonunlariga binoan, ikki yildan kam qamoq jazosi odatda shartli jazo hisoblanadi.

Nou Kampga o'tganidan beri 24 yoshli Neymar ikkita La Liga, ikkita Kopa del Rey, bitta Chempionlar Ligasi, Evropa Super Kubogi, Ispaniya Super Kubogi va Klub Jahon Kubogini yutishga muvaffaq bo'lgan.

U oktyabrda Barselona bilan yana besh yillik shartnomaga imzo chekdi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring