Video - Turkman prezidentining o'g'li deputat bo'ldi

Serdar Berdimuhamedov (o'ngdan birinchi) Image copyright Turkmenistan
Image caption Serdar Berdimuhamedov (o'ngdan birinchi)

Turkmaniston davlat televideniesi xabar qilishicha, 20 noyabrda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o'g'li Serdar Berdimuhamedov parlamentga deputat etib saylangan.

Bu haqdagi videomizni BBC Uzbekning YouTubedagi kanalida tomosha qiling

Altin Asir telekanali xabariga ko'ra, Serdar Berdimuhamedov markaziy Axal viloyatidagi 24 saylov okrugidan saylangan.

Televizion lavhada Prezident Berdimuhamedovga o'xshaydigan bo'yi baland yosh yigitning qarsaklar ostida yuqori darajali saylov mulozimi bilan qo'l siqishgani namoyish etildi.

Bu Serdarning o'zi va uning rasmiy lavozimi haqidagi ilk lavha bo'lmoqda. Uning yoshi nechchida ekani haqida ma'lumot yo'q.

Avvalroq mustaqil matbuot Serdarning Tashqi Ishlar vazirligida vazir mulozimi etib tayinlangani haqida xabarlar chiqqandi, biroq rasman bu tasdiqlanmagan.

Xabarlarga ko'ra, u avval ham bir necha davlat lavozimlarida ishlagan, hamda qator bizneslar yuritgan.

Kuzatuvchilarga ko'ra, Prezident Berdimuhamedovning yagona o'g'li Serdar unga siyosiy merosxo'r sifatida tayyorlanmoqda.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring