Мусулмонлар зўравонликдан қочмоқда
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Musulmonlar zo'ravonlikdan qochmoqda

Mana bu Rohinga musulmonlari Myanmar yoki Birmada ta'qib ostiga olingani uchun qochishmoqda.

Ular Birma armiyasining jangarilarga qarshi harakatlari oqibatida Bangladeshga qochishmoqda.

"Ular uyu masjidlarimizga o't qo'yishdi, mening ikki o'g'lim bedarak yo'qoldi...

... Ular odamlarni o'ldirishmoqda. Biz qaerda yashashimiz kerak?!"

Holbuki, Rohinga musulmonlari Myanmarda asrlar davomida yashab kelishadi...

... Biroq ko'plab birmaliklar ularni Bangladeshga tobe kelgindi kuch deb bilishadi.

Armiya jurnalistlarni sahnaga qo'ymayapti, biroq Rohinga aholisi mana bu rasmlarni olgan.

Askarlar Rohinga qishlog'iga 12 noyabrda kirib, jangarilarni qidira boshlashgan.

Ular o't ochib, insonlarni, bular qatori ayolu bolalarni o'ldira boshlashgan.

Rasmiylarning aytishicha askarlar tayoq va pichoq ko'targan 25 nafar Rohingani o'ldirishgan.

Human Rights tashkilotining sputnik rasmlardan kelib chiqib bildirishicha 265 uy vayron etilgan.

Rasmiylarning aytishicha esa Rohingalar o'z uylariga o't qo'yishgan emish.

Bu videoda ba'zi rasmlar tomoshabinning dilini xira qilishi mumkin.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring