Умида Аҳмедова билан суҳбат
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

100 ayol: Oilasiz ayol o'zini noqis his qilmasligi kerak

BBC Jahon Xizmati - "100 ayol" mavsumini davom ettirmoqda.

Bu mavsumda yirik o'zgarishlar uchun o'zini fido qilayotgan va ko'zga ko'rinarli muvaffaqiyatlarga erishgan mashhur ayollardan tortib, oilasi, ro'zg'ori yukini tashiyotgan oddiy xotin-qizlar haqida ham so'z yuritiladi.

Bugungi mavzu jamiyatdagi qoliplarga qarshi chiqishga jazm qilgan ayollar haqida.

Masalan, Pokistonlik Naima an'anador jamiyatda o'zi istagan yo'ldan borishga bel bog'lagan.

Turmushga chiqish o'rniga ishlab, mustaqil hayot yuritishga harakat qilayotgan Naima ko'plab tanqidlarga yuz tutadi.

Hatto mashina haydagani uchun avtomobiliga ziyon yetkazilgan.

Ayollar ana shu kabi jamiyatdagi qoliplarga qarshi kurashishlari kerakmi va nimadan boshlashlari mumkin?

Deylik, qandaydir sabab yoki o'z istagi bilan oila qurmagan ayolga nisbatan yov qarashni tuzatib bo'ladimi?

O'zbekistonlik ilk ayol kinotasvirchi, taniqli fotograf Umida Ahmedovaning BBC bilan suhbatda aytishicha, o'zbek jamiyatida boshqa an'anaviy jamiyatlarda bo'lganidek majburlab turmushga berish kamdan-kam yuz bersa ham, qizlarga berilayotgan tanlovni haqiqiy tanlov, deb atab bo'lmaydi.

Eng avvalo turli "mezon"larga to'g'ri keluvchi yigit bilan turmush qurish yuzasidan bosim mavjud bo'lsa, boshqa tomondan qandaydir sabablar bilan turmush qurmagan qizlarga nisbatan "qari qiz", "o'tirib qolgan qiz" degan haqoratomuz iboralarning qo'llanishi ularning baribir bosim ostida ekanliklarini anglatadi.

Ya'ni, qizlarga o'zlarini barkamol his qilishlari uchun faqatgina bir yo'l - oila qurish yo'li bor, deya ko'riladi.

"Qizlarni "bir erga borsang, yuzimizni yerga qaratasan", "qaynonangga yoqishing kerak", degan o'gitlar bilan "programmalashadi".

"O'z hayotingni va kelajagingni hal qilish uchun tayyor bo'lshing kerak", degan o'git berilmaydi", deydi Umida Ahmedova.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring