Iroq: Shia ziyoratchilariga hujum oqibatida 80 inson halok bo'lgan

Karbalo shahriga millionlab Shia ziyoratchilari ziyoratga borishgan Image copyright AP
Image caption Karbalo shahriga millionlab Shia ziyoratchilari ziyoratga borishgan

Iroq xavfsizlik rasmiylari xabar qilishicha, xudkush hujumchi boshqaruvidagi yuk avtomobilini portlashi oqibatida qariyb 80 inson halok bo'lgan.

Portlash Hilla shahri yaqinidagi yoqilg'i quyish shoxobchasi va restoran oldida ro'y bergan.

Hilla poytaxt Bag'doddan 80 kilometr janubda joylashgan.

Bu paytda ko'cha Karbalo shahridan ziyoratdan qaytayotgan ziyoratchilar bilan to'la bo'lgan.

Xabarlarga ko'ra, halok bo'lganlar orasida Eron fuqarolari ko'pchilikni tashkil etadi.

Hujum uchun mas'uliyatni IShID zimmasiga olgan.

"Islomiy Davlat" tarqatgan xabarida 200 odam halok bo'lgan, deb yozgan.

Aftidan, eronlik Shia ziyoratchilari o'tirgan avtobuslar nishonga olingan.

Xudkush hujumchi yuk avtomobilini yoqilg'i quyish shoxobchasi yonida to'xtatgan.

Portlash kuchidan shoxobcha butkul vayron bo'lgan, ko'plab avtomobillar yonib kul bo'lgan.

Iroqda bundan oldingi yillarda ham sunniy jangarilar Shialar bayrami yoki xotira marosimlarini nishonga olgan hujumlar ko'p sodir etilgan.

Rasmiylar xabar qilishicha, bu yil ham Karbalo shahriga bir necha xudkush hujumchi yashirincha kirishga harakat qilganlar.

Karbaloga yaqin Ayn-Tamr shahriga olti xudkush hujumchi kirgani, ulardan besh nafari otib o'ldirilgani, oltinchisi esa o'zini-o'zi portlatishga muvaffaq bo'lgani haqida xabar berishdi Iroq rasmiylari.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring