Imomali Rahmonning yana bir qizi ishli bo'ldi

Image copyright Internet/official
Image caption Imomali Rahmonning oilasi

Prezident Rahmonning qizi - Ruxshona Rahmonova Tashqi ishlar vazirligida lavozimga ega bo'lg

Bu haqda muxolifatga hayrihoh sanalgan Payom.net qatori bir necha xabar nashrlari yozishgan.

Ruxshona Tojikiston Tashqi ishlar vazirligida aynan qanday vazifaga loyiq ko'rilgani ma'lum emas.

Ammo Payom.net nashri nafaqat prezident Rahmonning qizlaridan biri Ruxshona, balki hukumat lavozimlarida bo'lgan boshqa qarindosh-urug'larining ham ro'yxatini keltirgan.

Prezident Rahmonning to'qqiz farzandi bor. Aksariyat tojikistonliklar uning hamma etti qizi va ikki o'g'lini nomma-nom sanab berishlari mumkin. Lekin ulardan ikki nafari ayniqsa mashhur - qizi Ozoda va o'g'li Rustam Imomali.

Ro'yxatda keltirilgan 20dan ortiq nomlarning barchasi haqida aniq ma'lumot olish mushkul, ammo ular orasida eng taniqlilari Rahmonning qizi Ozoda Rahmon va o'g'li Rustam Imomalidir.

Ozoda Rahmon prezident ma'muriyatining rahbaridir.

Rustam Imomali esa korruptsiyaga qarshi kurash agentligini boshqaradi.

Ozodaning turmush o'rtog'i Jamoliddin Nuraliev esa Milliy Bank raisining o'rinbosari ekani aytiladi.

Ushbu holat Tojikistondagi muxolifatning ba'zi rahbarlarini g'azabini qo'zg'aydi.

"Mamlakatning 50 foizdan ortiq iqtisodiy imkoniyatlari va ob'ektlari birgina shu oilaga qarashli", deb aytadi Sotsial demokratik partiyaning rahbari Rahmatulla Zoirov. "Ular uni boshqarib, egalik qilib olishgan. Bu juda ham ko'pdir".

"Hozirda Tojikiston "mustaqilligining asoschisi" degan yana bir unvonga ega Emomali Rahmon o'z qudratini tobora mustahkamlab borish, alal-oqibatda esa prezidentlikni o'g'li Rustam Imomaliga "topshirish" niyatida", deydi dushanbelik jurnalistlardan biri.

Urush, tinchlik va tarix saboqlari?

Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Tojikistonda turli guruhlar hokimiyat uchun kurashga kirishdilar, bu esa fuqarolar urushiga olib keldi.

Ayni urushda ayrim davlatlar, jumladan qo'shni mamlakatlar hukumatlardan ba'zilari hukumatni, ba'zilari esa muxolifatni dastaklashdi.

Urush yakunida siyosiy firqalar hamda qudratli shaxslarning ittifoqidan tuzilgan Birlashgan Tojik muxolifati Prezident Rahmon bilan tinchlik kelishuvini imzoladilar.

Bunda Islomiy Uyg'onish partiyasini asosiy rolni o'ynagandi.

yili Sho'rolar Ittifoqi parchalandi, qadriyatlar o'zgardi.

O'sha kelishuvga binoan Islom Uyg'onish partiyasi va boshqa muxolifat guruhlari qonuniy deb tan olingan hamda janob Rahmon ular bilan qudrat bo'lashishga rozi bo'lgan.

Hukumatdagi o'rinlarning uchdan bir qismi muxolifatga berilishi lozim edi.

Ammo vaqt o'tishi bilan Birlashgan Tojik muxolifati a'zolari hukumatdan siqib chiqarildilar.

Bosim va ta'qiblardan qo'rqqan muxolifatning etakchi siyosatchilari mamlakatni tark etishga majbur bo'ldilar - lekin xorijda ham tahdidlarga duch keldilar.

Rossiyada bo'lgan siyosatchi Mahmadro'zi Iskandarov o'z istagiga qarshi ravishda 2005 yili Tojikistonga olib borildi va terrorizmda ayblanib ozodlikdan mahrum etildi.

Yana bir faol Umarali Quvvatov noma'lum shaxs tomonidan 2015 yili Turkiyada otib o'ldirdi.

Prezidentga qarshi chiqqan boshqalar ham qator qiyinchiliklarga duch keldilar.

Zayd Saidov sobiq sanoat vaziri va Tojikistondagi eng boy odamlardan biri edi. U 2013 yili yangi muxolif partiya faoliyatini boshlash rejasida ekanini e'lon qilishidan ko'p o'tmay hibsga olindi.

2013 yilgi prezidentlik sayloviga muxolifatning yagona nomzodi sifatida ilgari surilgan va qudratdagi prezident uchun haqiqiy tahdidni paydo qilgan inson huquqlari himoyachisi Oynihol Bobonazarovaning aytishicha, uni prezidentlik poygasidan chiqib ketishga majbur etganlar.

Bobonazarova xonim o'z nomzodini ro'yxatdan o'tkazish uchun etarli imzo to'play olmagan, bunda u politsiyani o'z dastaklovchilari va kampaniyasi faollariga bosimlar qilishda ayblaydi.

Aftidan tanqidchilar prezident Rahmon hokimiyatni o'zi va yaqinlari qo'lida ushlab turish niyatida sobit der ekan, ko'p ham adashishayotgani yo'q.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.an.