Tojikiston IIV IShID a'zolari ro'yxatini e'lon qildi

Tojikiston IIV IShID a'zolari ro'yxatini e'lon qildi Image copyright Screenshot MVD Tajikistan
Image caption Tojikiston IIV IShID a'zolari ro'yxatini e'lon qildi

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi IShIDga a'zolar deya ko'rilgan o'nlab fuqarolar ro'yxatini e'lon qilgan.

Ularning suratlari, yoshi va tug'ilgan joylari ham ayni ro'yxatga ilova qilingan.

Ro'yxat orasida besh nafar ayollar borligini ham ko'rish mumkin.

Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi Umarjon Emomaliga ko'ra, suratlarning aksariyati "o'z yaqinlariga Viber va Whatsapp kabi messenjerlar orqali jo'natishgan".

Uning aytishicha, bu suratlar tojikistonlik mujohidlar tomonidan Suriyaga chiqishganidan keyin jo'natilgan.

Qidirilayotganlar orasida eng taniqlisi Tojikiston Ichki ishlar vazirligi qo'shinlarining sobiq xodimi Gulmurod Halimovdir.

Hozir 41 yoshda ekani aytilayotgan Gulmurod Halimov 2014 yili Tojikiston Ichki ishlar vazirligi buyrug'iga ko'ra, polkovnik rutbasini olgan.

To'rt yil oldin u Tojikiston Ichki ishlar vazirligining maxsus vazifalarni bajaruvchi otryadiga qo'mondon qilib tayinlangandi.

Bundan tashqari, Halimov o'z faoliyati davomida Rossiya va AQShda maxsus tashkil qilingan harbiy tayyorgarliklardan ham o'tgan.

Qo'shma Shtatlar Davlat departamenti matbuot kotibi CNN bilan intervyusida Gulmurod Halimov aksilterror amaliyotlar bo'yicha mashg'ulotlarni o'tash uchun Amerikaga bir necha marta borganini tasdiqlagan.

Sobiq polkovnik Halimov Yaqin Sharqdagi IShID safiga qo'shilganini e'lon qilishi ortidan Tojikiston Oliy mahkamasi ushbu jangari guruhni "terrorchi", deb e'lon qilgandi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq