Erdo'g'on Ovro'po Ittifoqiga tahdid qildi

Erdo'g'on Ovro'po Ittifoqiga tahdid qildi Image copyright AFP
Image caption Erdo'g'on Ovro'po Ittifoqiga tahdid qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'on agar o'z mamlakatiga nisbatan bosim to'xtamasa, yuz minglab muhojirlar uchun Ovro'po Ittifoqiga chegaralarini ochish bilan tahdid qilgan.

Erdo'g'on Ovro'po parlamenti tomonidan Turkiya bilan Ittifoqqa a'zolikka doir muzokaralarni to'xtatib qo'yish uchun ovoz berishiga g'azabnok munosabat bildirgan.

Ovro'po Ittifoqi parlamenti a'zolari Erdo'g'onning iyul oyida kechgan to'ntarishga nisbatan "haddan ortiq" munosabatidan tashvishda ekanini aytishmoqda.

OI va Turkiya mart oyida Yunoniston orollariga muhojirlar oqimi bo'yicha kelishuvga erishishgandi.

Shundan keyin qochqinlar va muhojirlar oqimi keskin darajada ozaygan edi.

Erdo'g'on esa Ovro'po Ittifoqini va'dasida turmaslikda ayblamoqda.

Mart oyidagi kelishuvga doir Ovro'po Ittifoqi Turkiyaga moliyaviy yordam va a'zolikka doir muzokaralarning jadallashishi va'dasini bergandi.

"Quloq soling, agar siz yana davom etsangiz, biz chegaralarni ochib yuboramiz", deb aytgan Erdo'g'on.

Olmoniya kansleri Angela Merkelning voiziga ko'ra, Turkiya va Ittifoq o'rtasidagi kelishuv juda muhim va "barcha tomonlarning manfaatlarini qamrab oladi, bu masalada tahdid qilish yordam bermaydi", deb aytgan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring