Gulchehra Boboqulova jinoiy javobgarlikka tortilmaydi

Gulchehra Boboqulova jinoiy javobgarlikka tortilmaydi Image copyright EPA
Image caption Gulchehra Boboqulova jinoiy javobgarlikka tortilmaydi

To'rt yashar qizaloqning o'limiga mas'ul deb aytilgan Gulchehra Boboqulova mahkama qarori bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

RIA axborot agentligiga ko'ra, asli o'zbekistonlik bo'lgan Gulchehra Boboqulova majburiy ruhiy davolanishi kerak bo'ladi.

Mahkama shuningdek, qizaloqning ota-onasi tomonidan moddiy zararni undirish haqidagi arizani ham javobsiz qoldirgan.

Gulchehra Boboqulova fevral oyida o'z qaramog'ida bo'lgan qizaloqni o'ldirishi ortidan bu xonadonga o't bergani aytiladi.

Guvohlarga ko'ra, Boboqulova qizaloqning tanasidan judo etilgan boshi bilan 20 daqiqacha ko'chalarda yurgan, o'ziga o'zi gapirgan.

Tibbiy ekspertiza natijalariga ko'ra, 39 yoshli Boboqulova surunkali ruhiy xastalikka chalingan.

Boboqulovaga "voyaga etmagan shaxsni o'ldirish", "o'zgalar mulkini o't qo'yib vayron qilish" va "portlash haqida yolg'on axborot tarqatish" ayblovlari qo'yilgandi.

Sentyabr oyi oxirida Tergov qo'mitasi Boboqulova ustidan tergovni yakunlagan, prokuratura uni majburiy davolash lozim degan xulosa bergan edi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring