Космосни ахлатдан тозалаш
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Kosmosni axlatdan tozalash

Fazo mana o'nlab yillar davomida o'rganilmoqda va ko'plab narsalar kashf etilmoqda.

Biroq har qadamning izi bor deganlaridek, fazoda axlat ham ko'paymoqda.

Hozirgi kunda 10 smdan yirikroq bo'lgan 22 ming bo'lak fazoda uchib yuribdi.

Bundan kichikroq bo'laklarning soni esa millionlarcha.

Dr. Xyu Lyuis kosmos tadqiqotchisi: "Yerning past orbitalari hozirning o'zida bu axlat miqdori uchun kamlik qilyapti. Bu degani kelajakda bo'laklarga urilish ko'payadi".

Kelasi yil olimlar ilk bor kosmik axlatni to'play boshlashga qo'l urishmoqchi.

Ular maxsus to'r yordamida bo'laklarni yig'ishmoqchi.

Bundan tashqari xutlarni o'ldiradigan garpun texnologiyasi ham fazoda sinaladi.

Shunda maxsus "qayiq" axlatni orbitalaridan "ovlashga" yuboriladi.

Bu chora ancha pulga tushadi, biroq bo'laklar $100 millionli yo'ldoshlarni ishdan chiqarishi mumkin.

Chora ko'rilmasa, yaqin fazo raketayu yo'ldoshlar uchun yopiq fazoga aylanishi mumkin.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring