So'nggi 5 yilda uch mamlakat chegarasida 83 zilzila

Шинжондаги сўнгги зилзиладан кейин Image copyright AP

25 noyabr juma kuni kuzatilgan zilziladan keyin xitoylik mutaxassislar er silkinishlari va oqibatlari, zilzilalar statistikasini tahlil qilmoqdalar.

Xitoy rasmiylari xabar qilishlaricha, zilzila epitsentri Shinjon Uyg'ur Muxtor tumanining Tojikiston va Qirg'izistonga chegaradosh tog'li hududida bo'lgan.

Er silkinishi tungi soat 10:30 da yuz bergan.

Epitsentr Shinjonning Qizilsuv Qirg'iz Muxtor prefekturasi deb atalgan hududi, Oqtov okrugi yaqinida, er sathidan 10 kilometr chuqurlikda bo'lgan.

Oqtov Qashg'ardan 170 kilometr uzoqlikda joylashgan.

6,7 ball deb baholangan silkinishi bir qancha binolarni vayron etgan.

Uy bosib qolgani oqibatida Muji qishlog'ida bir cho'pon hayotdan ko'z yumgan.

Oqtov okrugidan 130 tacha cho'pon xavfsiz joyga ko'chirilganlari xabar qilingan.

Silkinish shanba kuni ham kuzatilgan.

Oqibatda 100 uy qulab tushgan, 124 uyga shikast etgani haqida xabar tarqatganlar rasmiylar.

Zilzila markazidan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan konda ishlar to'xtatilgan.

Silkinish kuchini poezdda borayotgan yo'lovchilar ham his qilganlar.

Kamida uch yo'lovchi poezdi harakati to'xtatilgan.

Temir yo'lning ayrim qismlarida qatnov to'xtatilib, yo'llar tekshirilgan.

Sinxua axborot agentligi Oqtov hududining 96 foizini tog'lar tashkil etishini aytadi.

Xitoy Zilzila ma'muriyati ma'lumotlariga ko'ra, 25 noyabrdagi zilzila epitsentridan 200 kilometr radiusda so'nggi 5 yil davomida kuchi 4 ball va undan yuqori bo'lgan 83 ta zilzila kuzatilgan.

Bularning eng kuchlisi 2015 yilning 7 dekabrida yuz bergan, uning epitsentri Tojikiston hududida bo'lgan.

Shinjonning Qizilsuvi markazi Qirg'iziston chegarasidan 50 kilometrcha, Tojikiston chegarasidan ham qariyb 200 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқалибоғланишни истасангиз, телефонимиз:+44 78-58-86-00-02

ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг.