Amudaryo ustidan ko'priklar Turkmaniston va O'zbekistonni bog'laydi

Amudaryo Image copyright Wikipedia

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning aytishicha, Amudaryo ustida Turkmanistonni O'zbekiston bilan bog'laydigan avtomobil va temir yo'l ko'priklari quriladi.

Prezident Berdimuhamedov bu haqda poytaxt Ashxoboddagi BMT anjumanida gapirgan.

26-27 noyabr kunilari Turkmaniston poytaxtida BMT shafeligida «Barqaror trasnport bo'yicha global konferentsiya» deb nomlangan anjuman o'tkazildi.

Konferentsiyani BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ochdi.

Anjumandagi ma'ruzasida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Amudaryo ustidan ko'priklarning 2017 yili foydalanishga topshirilishini aytgan.

Prezident Berdimuhamedovning aytishicha, yangi ko'priklar Markaziy Osiyo mintaqasida eng yiriklari bo'ladi va ham Turkmaniston va ham O'zbekistondan transport oqimlarini sezilarli tezlashtirishga xizmat qiladi.

Ashxoboddagi anjumanda O'zbekiston Bosh vaziri birinchi o'rinbosari Rustam Azimov rahbarligidagi hay'at ham qatnashgan.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O'zbekiston Bosh vaziri birinchi o'rinbosari Rustam Azimovni qabul qilgan.

Ommaviy axborot vositalari xabar tarqatishicha, tomonlar O'zbekiston bilan Turkmaniston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik salohiyatini yanada oshirish, munosabatlarni rag'batlantirish va gumanitar sohada ham o'zaro hamkorlik qilish masalalarini muhokama etganlar.

Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқалибоғланишни истасангиз, телефонимиз:+44 78-58-86-00-02

ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг.

Bu mavzuda batafsilroq