Ruslanning raqibi yana 'pand edi'

Лукас Браун Image copyright AP

Xabarlarga ko'ra, avstraliyalik bokschi Lukas Braun o'tgan sakkiz oy ichida ikkinchi doping sinovidan ham o'ta olmagan.

Lukas Braun o'tgan mart oyida professional boksning WBA tasnifida eng og'ir vazn toifasida jahon chempionligi kamari uchun o'zbekistonlik nomdor bokschi Ruslan Chagaevga qarshi ringga chiqqan.

Grozniyda bo'lib o'tgan bu jangda g'alaba qozongan, ammo buning ortidan ustma-ust doping sinovidan o'ta olmay, yarim yilga boksdan chetlatilgandi.

Lukas Braundan olingan namunalardan ma'n etilgan klenbuterol preparati qoldiqlari topilgandi.

Buning ortidan, jahon chempionligi kamari yana Ruslan Chagaevning o'ziga qaytarilgan, ammo oradan qisqa vaqt o'tmay, salomatligi bilan bog'liq sabablar bois, o'zbekistonlik bokschining professional ringni tark etish qarorida ekaniga oid xabarlar paydo bo'lgandi.

Takroriy doping sinovidan muvaffaqiyatli o'ta olgan taqdirda, Lukas Braunning shu yil yakuniga qadar qayta jahon chempionligi kamar uchun amerikalik professional bokschi Shennon Briggsga qarshi jang o'tkazishi kutilayotgandi.

Videolavhamizni BBC Uzbekning YouTubedagi kanalida tomosha qiling.

Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқалибоғланишни истасангиз, телефонимиз:+44 78-58-86-00-02

ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг.