Kastro haqida arboblar va toshkentlik ziyoli ayol

Fidel Kastro O'zbekistonda Image copyright viola.bz
Image caption Fidel Kastro O'zbekistonda

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ko'ra, Fidel Kastro "Rossiyaning samimiy va ishonchli do'sti" edi.

Vladimir Putin doxil qator davlat rahbarlari Fidel Kastroning o'limi yuzasidan ta'ziyalar izhor etishmoqda.

Toshkentlik Darya Shapenova 1963 yilda Fidel Kastroning O'zbekistonga safari davomida Kuba inqilobi rahbari bilan uchrashgan.

Uning xotiralarini BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling.

SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov esa Fidel Kastroni "butun dunyoga nom qoldirgan buyuk inson", deb ta'riflagan.

Unga ko'ra, Kastro yigirmanchi asrdagi kolonial tuzumni yo'q qilish uchun bor kuchini sarflagan.

Rossiya kommunistlari rahbari Gennadiy Zyuganov ham o'z ta'ziyalarini bildirgan.

Venesuela rahbari Nikolas Maduro, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ham Fidel Kastro xotirasiga iliq so'zlar aytishgan.

Dunyo rahbarlari orasida birinchilardan bo'lib ta'ziya bildirganlardan biri Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboevdir.

"Fidel Kastro Qozog'iston xalqining xotirasida dono rahbar, obro'li siyosiy arbob va tarixiy shaxs sifatida umrbod saqlanib qoladi", deb aytgan Nazarboev.

AQShning Mayami shahrida esa kubalik dissidentlar Fidel Kastroning o'limini bayram qilishmoqda.

Respublikachilardan kongress a'zosi Ilean Ros-Letinen Fidel Kastroni "zolim" deb atagan.

Tramp nima deydi?

AQSh prezidentligiga yangi saylangan Donald Trampga ko'ra, "o'z xalqini qariyb 60 yil qiynagan shafqatsiz diktator olamdan o'tgan".

Trampning ishonishicha, Kastro davridan meros "misli ko'rilmagan jabr va fundamental inson huquqlarini rad etish, qashshoqlik"dir.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq