Suriya kuchlari Halabni ishg'ol qilmoqda

Suriya kuchlari Halabning muhim mintaqasini ishg'ol qilgan Image copyright EPA/SANA
Image caption Suriya kuchlari Halabning muhim mintaqasini ishg'ol qilgan

Suriya hukumati kuchlari Halab sharqidagi muhim mintaqani ishg'ol qilishgan.

Ayni mintaqa isyonkorlar nazorati ostida edi.

Shu bilan Halabning isyonkorlar nazorati ostidagi hudud bo'lingan.

Davlat televizioni va Suriya Inson huquqlarini kuzatish tashkiloti ham Saxur tumani hukumat qo'shinlari nazorati ostiga o'tganini ma'lum qilishgan.

Suriya armiyasi va prezident Assad ittifoqchilari sentyabr oyida Halabni ishg'ol qilish uchun yirik amaliyotni boshlashgan edi.

O'tgan dam olish kunlarida qaqshatqich janglardan qochib minglab tinch aholi o'z uylarini tark etishgan.

Qamal ostidagi mintaqaning o'zida ham yuzlab oilalar o'z uylaridan chiqishgan.

Suriya hukumati uchun mamlakatning ikkinchi yirik shahrini isyonkorlardan tozalash asosiy maqsadga aylangan.

BMTning Qochqinlar bo'yicha oliy kommissari voizi Skot Kreygga ko'ra, Halabda 250 ming inson zudlik bilan yordamga muhtoj, ulardan 100 minggi bolalardir.

Uning aytishicha, oziq-ovqat zahirasi butunlay tugagan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring