Tojikistonliklar: Mirziyoyev ota-bobolari yurtini unutmasin

Mirziyoyevning ota-bobolari qishlog'i Image copyright BBCuzbek
Image caption Mirziyoyevning ota-bobolari qishlog'i

Rosa bir haftadan keyin O'zbekistonda yangi prezident ish boshlaydi.

O'zbekistonda deyarli hech kim prezidentlikka to'rt nomzoddan qay biri g'alaba qozonadi degan savolga javob qidirayotgani yo'q.

O'zbekistonda Shavkat Mirziyoyevning shaxsi, oilasi va ota-onasi haqida Islom Karimov o'limiga qadar bilganlar juda oz edi.

Mintaqadan mustaqil jurnalistlardan biri BBC O'zbek xizmati uchun hozircha prezidentlik vazifasini muvaqqat bajarib turgan Mirziyoyevning ota-bobolari nomi bilan chambarchas bog'langan qishloqqa safar qilgan.

Mustaqil jurnalist hikoyasi

Image copyright Internet
Image caption Umidlar markazidagi shaxs

Shavkat Mirziyoyev nomzodining O'zbekiston Prezidentligiga ilgari surilishi yuz minglab tojikistonliklar kabi Devashtich (sobiq G'onchi) tumanidagi Yaxtan qishlog'i aӽolisi orasida ikki qӯshni mamlakat orasida bordi-keldining yaxshilanishi borasida umid uyg'otgan.

Yaxtanliklar Mirziyoyev ajdodlarining kelib chiqishi Yaxtanga taqalishi, shu sabab Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston prezidenti etib saylangan taqdirda ota-bobolari yurtiga eӽtirom bilan qarashiga umid qilishmoqda.

Yaxtanda Mirziyoyevlarning O'zbekistonga qachon kӯchib ketishgani ӽaqida turli fikrlar yuradi. Ayrimlar Shavkat Mirziyoyevning otasi - Miromon Mirziyoyev Zomin taraflarga ketgan, degan fikrda. Lekin ko'pchilik yaxtanliklar, ayniqsa, keksa otaxon va onaxonlarning bu boradagi fikrlari o'zgacha.

- Mirziyoyevlar aslida qishlog'imizdagi ancha katta ӽisoblangan "mirlar" tӯpidan. Miromonning otasi aka-ukalari bilan yigirmanchi asrning yigirmanchi yillari o'rtalarida Zominga ko'chib ketishgan. Faqat singillari Yaxtanda qolgan. Keyinchalik aka-ukalardan biri - Sovet Ittifoqi Qaӽramoni O'rinbek Yoqubovning otasi - Miryoqub oilasi bilan qishloqqa qaytib kelgan. Miromonning o'g'li Shavkat esa, Zominda tug'ilgan, - deydi sakson yoshni qoralab qolgan Abduvoӽid ota.

Zominda ӽam Yaxtan degan qishloq bor edi…

Otaxonning aytishicha u Mirziyoyevlar yashagan Zomindagi qishloqda bӯlgan. "U yerda ӽam Yaxtan degan qishloq bor edi, bitta ko'cha Miromonning amakivachchasi, qaӽramonimiz O'rinbek Yoqubovning nomiga qӯyilgandi. Hozir bilmadim, bu nomlar turganmikan? O'zbekistonga borib-kelish qiyinlashgani sabab Zominga anchadan buyon borganim yo'q. Mustaqillik yillarida bizda qancha qishloqlar, ko'chalarning nomi o'zgartirildi. Mana, bu yil noӽiyamiz G'onchi emas, Devashtich, deb atala boshlandi. Balki u taraflarda ӽam nom o'zgartishlar bo'lgandir", deydi otaxon.

Yaxtandagi muallimlardan birining aytishicha, Mirziyoyevlar Zominga ko'chib ketgan paytda O'zbekiston va Tojikiston bitta bo'lgan. "Tojikiston 1929-yilda O'zbekistondan butkul ajratilib, mustaqil sovet respublikasi deb e'lon qilingani tarixdan ma'lum. Lekin shundan keyin ham Tojikistondan O'zbekistonga kӯchib ketishlar, O'zbekistondan Tojikistonga kӯchib kelishlar davom etgan. Sobiq SSSR paytida bir respublikadan ikkinchi respublikaga ko'chib borilganda, propiska, ya'ni doimiy yashash uchun qaydga olishlar oson bӯlgan. Hozir esa, hatto O'zbekistonda Tojikistondan tushgan kelinlarni, Tojikistonda o'zbekistonlik kelinlarni qaydga olish, ularga fuqarolik pasporti berish muammoga aylangan", deydi muallim.

Taӽlilchilarnining rasmiy ma'lumotlarga suyanib aytishlaricha, aslida Tojikistonda tug'ilib, O'zbekistonning turli sohalarida mehnat qilgan taniqli shaxslar oz emas.

Bu o'rinda ular O'zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Toshmuhammad Qoriniyoziy, o'ttizinchi yillarda O'zbekiston Bosh vaziri bo'lib ishlagan Jo'ra To'rabekov, general Burhon Sirojiddinov, mashhur adiblar Abdulla Qahhor, Pirimqul Qodirov, taniqli kinorejissyor Komil Yormatov, mustaqil O'zbekistonning birinchi vitse-prezidenti Shukrullo Mirsaidovlarning nomini tilga olishadi.

Mahalliy tahlilchi Aӽmad Bobojonovning aytishicha, hozirda O'zbekistonning Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida paytida Tojikistonning O'ratepa (hozirgi Istaravshan), G'onchi (hozirgi Devashtich), Shahriston, Nov (hozirgi Spitamen) kabi tumanlaridan ko'chib borgan minglab oilalar yashashadi.

Tojikistondan ko'chib borish, ayniqsa, Mirzacho'lni o'zlashtirish, Bekobod, Shirin shaharlari qurilishi yillarida ko'paygan. Ayni bir paytda Tojikistonning Vaxsh vodiysiga, Dushanbe, Hisor va Tursunzoda shaharlariga, Sug'd viloyatiga ko'chib kelgan va tojikistonlik bo'lib qolgan minglab o;zbekistonlik oilalar bor.

Tojikiston mustaqilligining dastlabki yillarida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar va fuqarolar urushi davomida yana O'zbekistonga ko'chish boshlandi, deydi tahlilchi.

Yaxtanliklarning aytishlaricha, hozirda birgina Shirin shaӽrida qirqdan ortiq asli yaxtanlik oila yashar ekan.

"Karimov O'zbekistonga borib-kelishni qiyinlashtirdi"

Image copyright BBCuzbek
Image caption Yaxtan manzaralari

- Karimov siyosati tufayli O'zbekistonga borib-kelish qiyinlashdi. Ilgari chegaradosh tumanlarda yashayotgan odamlar milliy pasportni ko'rsatib, hech qanday vizasiz qo'shni tumanda besh kun davomida bo'lish imkoniga ega edilar. Karimov hukmron bo'lgan keyingi paytlarda bu imtiyoz yo'qotildi. Biz yaqinda Tojikistondagi O'zbekiston elchisining ikki mamlakat orasidagi bordi-keldining yaxshilanishi borasidagi so'zlarini eshitib, quvonib ketdik. Agar bu ishlar amalga oshsa, Shavkat Mirziyoyevdan minnatdor bo'lardik. Axir, etni tirnoqdan ajratib bo'ladimi? - deydi Abduvohidov.

Yaxtanlik bir onaxon esa, mustaqillik paytida O'zbekistonga ko'chib ӯtgan ayrim hamqishloqlarining Karimov hukmronligining keyingi yillarida tazyiqqa olinganidan yozg'iradi.

Lekin akasi O'zbekistonda yashaydigan yaxtanlik yigitning aytishicha onaxon aytgan u kishilardan biri allaqachon qamoqdan ozod etilgan. Ikkinchi kishining ham Avf tufayli qo'yib yuborilgani haqidagi xabarlar etib kelgan.

13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan o'qituvchi esa, yuqori sud idoralariga norozilik arizasi bilan murojaat qilgan.

"Muallim bizga maktabda dars berganlar. Yangierda ham maktabda ishlaganlar. Savodli, meӽnatsevar, halol, to'g'riso'z odam edilar. Ustozning jinoyat ko'chasiga kirishlariga biz - shogirdlari sira ishonmaymiz", deydi yaxtanlik yigit. Va u yana qo'shib qo'yadi: "Shavkat Mirziyoyev juda adolatli ish olib boryaptilar. Ana, bevosita o'zlariga murojaat qilgan minglab odamlarning arz-shikoyatlarini o'rganib, yaxshi tomonga hal qildilar-ku! Ustozimiz O'rmonali akaning ham oqlanishlariga ishonamiz".

"Rahbarning qaerda tug'ilgani muhim emas"

Yaxtan qishloq jamoatiga Yaxtandan tashqari, Xushtoir Muxlon, Xushtoir jar (ӽozirgi Xo'ja Tohir), Dam, Qizili (ӽozirgi Lolazor) kabi qishloqlar kiradi. Bu qishloqlarda yashayotgan kishilarning deyarli hammasi o'zbeklar. Yaxtanliklar ikkinchi jaӽon urushida jasorat kӯrsatgan ӽamqishloqlari, Sovet Ittifoqi Qaӽramoni O'rinbek Yoqubov bilan faxrlanishadi. Endi esa, garchi O'zbekistonda tug'ilib-o'sgan bo'lsa-da, ota-bobosi asli Yaxtandan bo'lgan Shavkat Mirziyoyev bilan faxrlanmoqdalar.

Lekin ayrim yaxtanlik yoshlar Mirziyoyevning kimligini yaxshi bilishmaydi. "Ikkita bolam bor, ularni, oilamni boqish uchun Xo'jandga borib ishlab, pul topib kelyapman. Mirziyoyev degan tanishlarim yo'q", deydi qurilishda ishlayotgan o'ttiz yoshli yigit.

- Aslida rahbarning qaerda, qachon tug'ilgani muhim emas. Odamlar uning mamlakatni qanday boshqarayotganligi, insoniylik xislatlari, xalqning qanday yashayotganligiga qarab baӽo berishadi. Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik lavozimini muvaqqat bajarayotgan onlaridagi birinchi navbatda yaqin qӯshnilar bilan munosabatni yaxshilash borasidagi sӯzlari va buning ma'lum darajada allaqachon amalga osha boshlaganligi uning oqil raxbarligini ko'rsatmoqda. Uning bu tanlagan yo'lidan og'ishmay borish-bormasligini esa, kelajak, u rasman O'zbekiston Prezidenti etib saylanganidan keyingi davr ko'rsatadi, - deydi mahalliy tahlilchi Zafar Ernazarov.

Deyarli har bir tojikistonliklar bilan suhbatlashsangiz, hammaning ham aytadigan fikrlari bir xil.

Ikki davlat do'st bo'lsa, chegaralar ochilsa, minalar olinsa, oldi-berdi yana yo'lga qo'yilsa, bas.

O'tgan yigirma besh yil ichida bir ma'noda yilma-yil buzilgan aloqalarni bir necha oy ichida misli ko'rilmagan darajada tiklanayotgani esa ko'plab tojikistonliklarni umidlantirmoqda.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring