Kolumbiyadagi uchoq halokatida besh inson omon qolgan

Uchoq tog'li hududda halokatga uchragan Image copyright TELEANTIOQUIA

Braziliyaning futbol jamoasi a'zolarini olib borayotgan uchoq halokati oqibatida 76 inson halok bo'lgan.

Braziliyaning "Shapekoense Real" jamoasi Kolumbiyaning "Atletiko Nasonal" jamoasi bilan Janubiy Amerika kubogi uchun 29 noyabr kuni maydonga tushishi kerak edi.

Charter parvozdagi uchoq bortida 81 inson bo'lgan.

Uchoq Medellin shahriga yaqin tog'li hududda halokatga uchragan.

"Biz olti kishini qutqardik. Biroq ulardan biri shifoxonaga olib borilayotgan paytda hayotdan ko'z yumdi", deb aytgan mahalliy politsiya rahbarlaridan biri.

Aviatsiya rasmiylari xabar tarqatishlaricha, halokatdan oldin ekipaj a'zolari uchoq dvigatelida muammo yuzaga kelgani haqida xabar berganlar.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko'ra, uchuvchilar yoqilg'i kamayib ketgani haqida signal berganlar va favqulodda qo'nishga harakat qilganlar.

Sport jamoalarining aviahalokatlari

1979 yili Toshkentning "Paxtakor" jamoasi 17 o'yinchisi o'tirgan Tu-134 yo'lovchi uchog'i boshqa bir Tu-134 bilan to'qnashgani oqibatida ikki yo'lovchi uchoqdagi barcha insonlar halok bo'lgan edi. "Paxtakor" SSSR chempionligi uchun Minskning "Dinamo" jamoasi bilan o'ynash uchun parvoz qilayotgan bo'lganlar. Ikki uchoq yer sathidan 8400 metr balandlikda to'qnashgan.

1989 yil iyunida Surinam poytaxtiga qo'nish paytida Amsterdamdan uchib borgan uchoq halokatga uchragan. Oqibatda asli surinamlik 23 Hollandiya futbolchisi hayotdan ko'z yumgan edi.

1993 yili aprelidagi aviahalokatda Zambiya terma jamoasining 18 futbolchisi halok bo'lgan. Jahon chempionligi uchun saralash o'yinini o'ynash uchun Zambiya jamoasi Senegal jamoasi uchun borayotgan bo'lganlar. Uchoq Gabon sohillariga yaqin joyda dengizga qulagan.

2011 yil sentyabrida Rossiyaning Yaroslavl shahridan ko'tarilgan Yak-42D uchog'i halokatga uchragan. Uchoqda Yaroslavlning "Lokomotiv" xokkey jamoasi a'zolari bo'lganlar. Uchoqda bo'lgan 44 inson halok bo'lgan, faqat bir inson tirik qolgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring