Марказий Осиё: Талаш дарёлар. Фильм.
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Markaziy Osiyo: Talash daryolar. Film.

Suv manbalari jadal kamayotgan, aholisi esa tez o'sayotgan Markaziy Osiyoni kelajakda nima kutmoqda?

Mintaqa davlatlari suv va energiya muammolarini nega hal qila olishmayapti? Bu masalada yechim nima?

BBC O'zbek Xizmati muxbiri Rustam Qobil mintaqada bo'lib, ayni savollarga javob izlagan.

BBC Jahon xizmatining "Markaziy Osiyo: Talash daryolar" filmini YouTube kanalida tomosha qiling.

Tepadagi ikki mamlakat - Tojikiston va Qirg'izistonda suv ko'p, ammo energiya boyliklari yo'q. Shu bois ular daryolarda yirik to'g'onlar qurib, suvdan elektr ishlab chiqarishni istashadi.

Pastdagi uch davlat - O'zbekiston, Qozog'iston va Turkmaniston esa gaz hamda neftga boy. Biroq ular o'z dalalarini sug'orish va ichish uchun yetarli suv manbalariga ega emaslar.

Sovet davrida ishlagan yagona energetika tizimi ushbu qo'shni mamlakatlar o'rtasida yil bo'yi suv va energiya almashinuvini ta'minlagan. Barchaga suv ham, tok ham, gaz ham yetgan.

Ittifoq ortidan mazkur tizim ham quladi. Yosh davlatlar o'z boyliklarini ishga solib, iqtisodiy mustaqillikka erishishga, dunyo bozorlarida o'rin topishga intilmoqdalar.

Lekin oqibatda ba'zan suvsizlik, energiya taqchilligi, siyosiy g'alayonlar hamda insoniy fojealar ro'y berdi.

Muxbir: Rustam Qobil.

Prodyuser: Oksana Vojdaeva

Tasvir va montaj: Maksim Lomakin.