Internetda Tojik polkovnigi fotosurati tarqaldi

Gulmurod Halimov Image copyright Twitter

Twitterda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi maxsus qo'shinlarining sobiq qo'mondoni polkovnik Gulmurod Halimov aks etgan fotosurat tarqalgan.

Fotosuratda Gulmurod Halimov o'g'il bola bilan ko'rinadi.

Bolakay Gulmurod Halimovning o'g'li, uni Halimovning rafiqasi Humayro Mirova o'zi bilan birga olib Suriyadagi turmush o'rtog'i oldiga etib borgan, demoqdalar kuzatuvchilar.

2015 yil aprelda g'oyib bo'lgan polkovnik Gulmurod Halimov bir oydan keyin ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaat bilan chiqqan va o'zining "Islomiy davlat" guruhi safiga qo'shilganini e'lon qilgandi.

U Tojik hukumatini musulmonlarni yomonotliq qilish va ta'qibda ayblab, huquqni himoya qilish idoralari xodimlari va mehnat muhojirlarini o'zidan o'rnak olib IShIDga qo'shilishga chaqirgan.

O'tgan yili Gulmurod Halimovning yaralangani va o'lgani haqidagi xabarlar ham tarqaldi.

Gulmurod Halimovning ikkinchi xotini Humayro Mirova voyaga yetmagan to'rt farzandini olib Tojikistondan qochib chiqib erining oldiga yetib olgani haqidagi xabarlar 2016 yil fevralida tarqaldi.

Tojikistonda 43 yoshli Humayro Mirova ustidan "qurolli mojaroda ishtirok etish va odam yollash" bandi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Image caption Humayro Mirova Ichki ishlar vazirligi va Bojxona xizmati matbuot xizmatlarida ishlagan

Humayro Mirova Tojikiston Bojxona xizmati matbuot markazi raisi bo'lgan.

Uning kapitan unvoni ham bo'lgani xabar qilinadi.

2015 yil boshida o'g'li tug'ilgani sababli dekret ta'tiliga chiqqan.

Bojxona xizmatiga o'tguncha Humayro Mirova Tojikiston Ichki Ishlar vazirligi matbuot xizmatida ishlagan va o'sha yerda eri Gulmurod Halimov bilan tanishgan.

Suriyaga qochgan polkovnikning birinchi oilasi va sakkiz farzandi uning ota-onasi bilan Tojikistonning Varzob tumanidagi qishloqda yashaydi.

Tojikiston maxsus qo'shinlari qo'mondoni bo'lgani paytida Gulmurod Halimov AQShda maxsus tayyorgarlikdan ham o'tgan.

Shu sababli AQSh Gulmurod Halimovning qaerdaligini aniqlashga yordam beradigan ma'lumot uchun 3 million dollar mukofot puli e'lon qilgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq