Xalqaro tashkilotlar yana Ibodovlar qiynog'iga e'tibor qaratishdi

Aka uka Ibodovlar
Image caption Aka uka Ibodovlar

O'zbekiston rasmiylari Milliy Xavfsizlik xizmati xodimlari aka-uka Ibodovlarni qiynoqlarga solishgani va hibsxonada ulardan biri vafot etgani yuzasidan batafsil, xolis va shaffof tekshiruv o'tkazishlari lozim, degan chaqiriq bilan chiqishgan Xyuman Rayts Uotch (Human Rights Watch), Inson huquqlari uchun xalqaro sheriklik (International Partnership for Human Rights), Norvegiya Xelsinki qo'mitasi (Helsinki Committee) va Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi (Association for Human Rights in Central Asia).

"Hibsda Ilhom Ibodovning vafot etgani va bu o'limga olib kelgan yomon muomala haqidagi jiddiy ayblovlar O'zbekiston qiynoq muammolarining shafqatsiz realligini urg'ulaydi. Ibodovning hibsga olinishi, qiynoqqa solinishi va o'limi hukumatning qiynoq va korruptsiya muammolarini jilovlashga jiddiy harakat qilayotgani haqidagi da'volari yolg'onligini fosh qiladi", deb aytgan Xyuman Rayts Uotchning Markaziy Osiyo bo'yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlou.

Bundan oldin Buxorolik Ilhom va Rahim Ibodovlarning qiynoqqa solingani yuzasidan shikoyat BMTning qiynoqlar bo'yicha qo'mitasiga yo'llangan edi.

48 yoshli Rahim va 43 yoshli Ilhom Ibodovlar 2015 yilning 16 avgustida ma'muriy jinoyatlarda gumon qilinib hibsga olinganlar.

Faollarga ko'ra, Ibodovlar ularni "himoyalab" kelgan Milliy Xavfsizlik xizmati xodimlari bilan kelishilgan to'lov yuzasidan kelib chiqqan tortishuv oqibatida hibsga olinganlar.

Rahim va Ilhom Ibodovlarni tijorat qoidalarini buzish va noqonuniy xorijiy valyuta savdosini tashkillashtirishda ayblashgan.

Aka-ukaning oilasi va omon qolgan Rahim Ibodovning suddagi ko'rsatmalariga ko'ra, Ibodovlarni muntazam ravishda shafqatsiz kaltaklashgan va qiynoqlar natijasida og'ir jismoniy shikastlardan Ilhom Ibodov 13 sentyabrda hibsxonada jon bergan.

Aka-uka Ibodovlar qiynoqqa solingani xabari dunyo jamoatchiligiga oshkor bo'lganidan keyin yaqinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tomonidan o'zlariga bosimlar kuchayganini aytganlar.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq