"Halabni 20000 tinch fuqaro tashlab chiqqan"

Halabni tashlab qochayotgan tinch aholi Image copyright AFP

Suriya hukumat kuchlari Halab shahrining isyonchilar nazoratidagi hududlarini qo'lga kiritishga harakat qilar ekan, tinch fuqarolar janglar kechayotgan shaharni tashlab qochishga majbur bo'lmoqdalar.

BMT va ko'mak tashkilotlari tinch fuqarolarning ahvoli ayanchli ekanidan ogohlantirmoqdalar.

Qizil Xoch tashkiloti taxmin qilishicha, oxirgi uch kunda 20 mingcha odam isyonchilar nazoratidagi hududlardan qochib chiqqanlar yoki Suriya hukumat kuchlari nazoratidagi hududga o'tganlar.

"Odamlar har xil yo'nalishda shahardan chiqishga harakat qilishmoqda. Shu bois ularning aniq sonini aytish imkonsiz. Qochqinlarning soni yaqin kunlarda yanada ko'payishi mumkin", deyishadi Qizil Xoch xodimlari.

Frantsiya Halabdagi vaziyat bois BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisiga chaqirgan.

30 noyabr kuni Xavfsizlik Kengashi yig'ilishni rejalagan.

Rossiya havo hujumlari dastagida hukumat kuchlari Halabning sharqiy qismida ilgarilar ekan, oldin isyonchilar nazoratida bo'lgan hududning uchdan bir qismi Prezident Bashar al-Assadga sodiq qo'shinlar qo'l ostiga o'tgan.

Suriyaning tijorat markazi bo'lgan Halabda urushdan oldin 650 mingcha istiqomat qilgan.

Oxirgi yillarda Halab isyonchilar nazorati ostida qoldi.

Qamaldagi shaharda 275 mingcha tinch fuqaro bo'lgan, deb ko'riladi.

So'nggi kunlardagi bombardimonlarda ham o'nlab tinch fuqarolar halok bo'lgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring