2017 yil yanvaridan Toshkentdan Dushanbega uchoqlar qatnaydi

"O'zbekiston Havo yo'llari" uchog'i Image copyright UZBEKISTAN AIRWAYS

30 noyabr kuni Dushanbeda Tojikiston va O'zbekiston poytaxtlari o'rtasida yo'lovchi uchoqlar qatnovini yo'lga qo'yish maqsadidagi hujjat imzolangan.

Ushbu protokolda 2017 yil yanvaridan Toshkent va Dushanbe shaharlari o'rtasida parvozlarni qayta boshlash ko'zda tutilgan.

Parvozlarni ikki mamlakatning "O'zbekiston havo yo'llari" va "Somon Eyr" aviashirkatlari amalga oshiradi.

Tojik rasmiylari xabar qilishlaricha, "Dushanbe-Toshkent-Dushanbe" qatnovi haftada ikki marta bo'ladi.

Keyinchalik trasnport uchoqlari parvozlarini yo'lga qo'yish ham rejalashtirilgan.

Noyabr oyi boshida "O'zbekiston Havo yo'llari"ning Tashqi aloqalar bo'limi xodimi BBCga Toshkent-Dushanbe aviaqatnovlarini yo'lga qo'yish imkoniyatlari o'rganilayotgani xabarini tasdiqlagan edi.

O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida uchoqlar parvozi qayta yo'lga qo'yilishi mumkinligi haqidagi xabarlar 2015 yil boshida ham tarqalgan edi.

O'shanda "O'zbekiston Havo yo'llari" aviashirkati rahbari Valeriy Tyan, Toshkent-Dushanbe aviaqatnovini qayta yo'lga qo'yish niyatida ekanliklarini, lekin buning uchun O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida hukumatlararo shartnoma imzolanishi talab qilinishini aytgan edi.

O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi aviaparvozlar 1992 yili Tojikistondagi fuqarolar urushi bois to'xtatib qo'yilgan edi.

2000 yili O'zbekiston Tojikiston fuqarolari uchun viza tartibini joriy etdi.

O'zbekiston va Tojikiston fuqarolari emin-erkin qo'shni mamlakatga o'tib-qaytishlari uchun viza tartibini engillashtirish yoki bekor qilish lozim, deyishadi kuzatuvchilar.

Oktyabr oyi oxirida O'zbekistonning Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Shoqosim Shoislomov ikki mamlakat o'rtasidagi viza tartibini yengillashtirish ko'zda tutilayotgani haqida aytdi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq