100 Ayol: Siyosatshunoslik fanini tiklash kerak

Ziyoda Gazieva Image copyright Ziyoda Gazieva
Image caption Ziyoda Gazieva

Hurmatli BBC O'zbek xizmatining ijodkorlari!

Videohikoya uchun BBCUZBEK YouTube kanaliga boring

Men 100 Ayol mavsumida berilayotgan qator dasturlaringizni kuzatib bormoqdaman. Ana shu mavsumda men ham o'zimning hikoyam bilan qatnashish niyatidaman. Men o'zbek xonadonida tavallud topdim, milliy qadriyatlarimiz bilan voyaga yetdim.

18 yoshimda imtiyozli ravishda Amerika Qo'shma Shtatlarida tahsil olish baxtiga muyassar bo'ldim.

Men oiladagi to'rt qizning to'ng'ichi edim, hozir ham ota-onamning hech bir ikkilanmasdan AQShga to'rt yillik tahsil olish safar qilishimga rozi bo'lishgani, meni qo'llab-quvvatlashganidan minnatdorman.

2011 yildan 2015 yilga qadar siyosatshunoslik va ruhshunoslik fanlarini o'qidim.

Afsuski, 2015 yilda O'zbekistonda siyosatshunoslik fani bekor qilindi.

Albatta, bu kabi holat to'rt yil umrini shu fanga bag'ishlagan shaxs uchun katta yo'qotish bo'lishi mumkin edi.

Ammo men chekinmadim. Bakalavr diplomini olgach, vatanimga qaytdim.

Turmushga chiqdim. Bilasizmi, G'arbda tahsil olganman, o'zbekona, o'z an'analarimiz shakllangan bir oilaga kelin bo'ldim, ammo shukrki, barcha kelinlik an'analarini sevib, hurmatlab bajardim. Shunga harakat qildim.

Bo'sh paytlarimda esa IPSA (International Political Science Association - Xalqaro Siyosatshunoslik Tashkilotiga) maqola yozdim, 5,500 nomzod orasidan tanlab olinib, Polshada bo'lib o'tgan Xalqaro kongessda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdim.

Men bu tashkilotning 67 yillik tarixida ilk o'zbekistonlik ishtirokchi bo'ldim.

O'shanda 32 haftalik homilador edim, baribir Polshaga safar qildim.

Men bularni maqtanish uchun yozayotganim yo'q, faqat o'z tengdoshlarimga orzu qilishdan va orzularingiz yo'lida harakatdan charchamang deyish uchun yozmoqdaman.

Polshadagi yig'inda muvaffaqiyatli qatnashganim uchun meni AQShga, (International Conference for Young Scholars) Yosh Olimlar Xalqaro konferentsiyasiga taklif qilishdi.

Ishonsangiz, noyabr oyida AQShda bo'lib o'tgan bu konferentsiyaga ikki oylik chaqalog'im bilan qatnashdim.

Bilasiz, o'zbek ayollarining jamiyatda tutgan o'rni juda muhim. Biz bir vaqtning o'zida bir necha vazifani uddalashimiz kerak.

O'z sohasini davom ettirish, buning barobarida onalik va kelinlik mas'uliyatini ado etish oson emas.

Bunga ham sabr, ham matonat va ham jasorat kerak bo'ladi.

Men vatanimni sevaman. Vatanimga va xalqimga xizmat qilishni istayman.

Siyosatshunoslik fanisiz bugungi zamonaviy dunyoni tasavvur qilish mushkul.

O'zbekiston esa dunyoning ajralmas bir qismidir.

Shu sabab men siyosatshunoslik fanini yana qayta tiklashni taklif qilaman.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring