BMT: Halab ulkan qabristonga aylanishi mumkin

BMT: Halab ulkan qabristonga aylanishi mumkin Image copyright AP
Image caption BMT: Halab ulkan qabristonga aylanishi mumkin

BMTning yuqori lavozimli mulozimlaridan biriga ko'ra, Suriya kuchlari Halab ishg'olini davom etar ekan, bu shahar "ulkan qabristonga" aylanishi mumkin.

Stivin O'Brin BMT Xavfsizlik Kengashi a'zolariga murojaat qilib, "insoniyat uchun tinch fuqarolarni himoya qilish"ga chaqirgan.

Muxolifat nazorati ostidagi bo'lgalarga so'nggi hujumlar oqibatida kamida 34 kishi qurbon bo'lgan.

Hukumat qo'shinlari va ularning tarafdorlari bo'lgan qurolli janganilar hozir Halabning to'rtdan uch qismidan ko'proq hududini ishg'ol qilishgan.

Halab Suriyaning ikkinchi shahri sanaladi.

2011 yili prezident Assadga qarshi isyonga qadar bu shahar ham tijoriy va ham sanoat markazi sanalardi.

Suriya hukumati va Rossiya havo hujumlari oqibatida Halabda minglab tinch aholi qurbon bo'lgani aytiladi.

Halabda urushdan oldin 650 mingcha istiqomat qilgan.

Oxirgi yillarda Halab isyonchilar nazorati ostida qoldi.

Qamaldagi shaharda 275 mingcha tinch fuqaro bo'lgan, deb ko'riladi.

Shahar tom ma'noda vayronaga aylangan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq