Palov va nihoyat UNESCO ro'yxatiga kiritildi

Palov Image copyright httpstalic.livejournal.

O'zbekiston va Tojikiston bu haqda o'tgan yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining mazkur jamg'armasiga murojaat qilishgan, palov va u bilan bog'liq urf-odat hamda an'analarni o'zining "nomoddiy madaniy merosi" ro'yxatiga kiritishini so'rashgandi.

Efiopiyadan olingan xabarlarga ko'ra, oradan qariyb ikki yilcha o'tib, UNESCO jamg'armasining hukumatlararo maxsus qo'mitasi bu ikki davlatning arizasiga ijobiy javob bergan, Addis-Abebada bugun - 2 dekabr kuni poyoniga yetajak yig'inida bu haqda qaror qilgan.

O'zbek va Tojik milliy dasturxonining shoh taomi va ko'rki bo'lgan palov, u bilan bog'liq urf-odat hamda an'analarni UNESCO nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritgan.

Bu haqda xalqaro jamg'arma matbuot xizmati rasman xabar bergan.

UNESCO palovni O'zbekiston va Tojikistonda umumiy madaniy merosning ajralmas bir qismi sifatida e'tirof etgan.

Palov ham kundalik va ham bayram dasturxonining kunda-shundalik taomi ekani, uni tayyorlash va tanavvul qilish jarayoni odam tanlamasligi, boyu kambag'alning boshini bir joyda qovushtirishi alohida ta'kidlangan.

Bundan tashqari, palovning xudoyi va aza marosimlarida ham birdek dasturxonga tortiluvchi taom ekaniga diqqat qilingan.

Soha mutaxassislariga ko'ra, palov pishirish an'anasi ota-onadan farzand, ustozdan shogirdga o'tib keladi, do'stu birodarlar orasida va turli marosimlarda bir an'ana sifatida o'z o'rnini yo'qotmay keladi.

Insonlar o'rtasidagi rishtalarni mustahkamlaydi, xullas-kalom, milliy madaniyatning o'ziga xos bir qismi hisoblanadi.

Shu kecha-kunduzda Efiopiyadan olingan xabarlardan armancha lavash, Belgiya pivosi va uning tayyorlash san'atining ham UNESCO nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgani ma'lum bo'lgandi.

Asrab qolish uchun UNESCOning bu ro'yxatiga butun insoniyat uchun qadr-qimmatga molik bo'lgan madaniy va tabiiy qadriyatlar kiritiladi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring