Saylov 2016: "Kim prezident bo'lsa ham tinchlik bo'lsin"

Olim Kabilov

Kelayotgan yakshanba, 4 dekabr kuni O'zbekistonda prezidentlik saylovlari kutilmoqda.

Saylovlarda qatnashish uchun rasman 4 nomzod qayd etilgan.

"Milliy tiklanish" partiyasidan Sarvar Otamurodov, "Adolat"dan Narimon Umarov, Xalq Demokratik partiyasidan Hotamjon Ketmonov va Liberal-Demokratlar partiyasidan Bosh vazir va prezidentlik vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Mirziyoev.

Aksar kuzatuvchilar O'zbekistondagi rasmiy partiyalarni "cho'ntak" partiyalari deya ta'riflab, ularning nomzodlari haqiqiy raqobat va muqobillikni ta'minlamasligini aytib keladilar.

O'zbekiston matbuoti Markaziy Saylov komissiyasi ma'lumotlariga tayanib kutilayotgan saylovlarga 21,4 mln dan ko'proq saylovchi qayd etilgani haqida xabar bergan.

Lekin oxirgi yillarda xorij mamlakatlarida millionlab o'zbekistonlik mehnat muhojirlari yashab kelayotganliklari ma'lum. Markaziy Saylov Komissiyasiga ko'ra, ular uchun xorij mamlakatlarida 44 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Ammo ularning o'zlari O'zbekistonda kutilayotgan saylovlarda ishtirok etish istaklari bormi?

Asli o'zbekistonlik, hozirda Moskvada istiqomat qiluvchi tadbirkor Olim Kabilovga ko'ra, saylovlar va unda ishtirok etayotgan nomzodlar bilan u qadar ko'p qiziqayotgani yo'q.

Olim Kabilovning hozirda Samarqandda yashayotgan yaqinlarining hammalari hayotlarida qiyinchiliklar mavjudligini aytishadi, lekin mamlakatda tinchlik hukmron ekanligidan minnatdorlar.

"Kim bo'lsa ham tinchlik bo'lsin. Tinchlik bo'lsa insonlar rivojlanadi, o'qishadi, imkoniyatlarga ega bo'lishadi", deydi tadbirkor.

Olim Kabilov bilan suhbatni Youtube da tomosha qiling

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring