Bishkekda gripp, maktablar yopildi

Bishkek Image copyright COURTESY

Qirg'izistondan olingan xabarlarga ko'ra, gripp va qattiq sovuq tufayli poytaxt Bishkekdagi barcha maktablar yopilgan.

O'quvchilar esa, 5 dekabrdan boshlab bir haftaga ta'tilga chiqarilgan.

Agar, rasmiy ma'lumotlarga tayanilsa, joriy paytda shahardagi maktab o'quvchilarining uchdan bir qismi, o'qituvchilarning 20 foizi xasta, grippga chalingan.

So'nggi kunlarda Bishkek umumta'lim maktablarida davomat keskin pastga tushib ketgan.

Ayon bo'lishicha, bu kabi vaziyat poytaxt vitse-meri Oygul Risqulova raisligi ostida maxsus yig'in chaqirilishiga sabab bo'lgan.

Favqulodda majlis meriya Ta'lim boshqarmasida, ijtimoiy ahamiyatli va xavfli infektsiyalar bo'yicha muvofiqlashtiruvchi qo'mita ishtirokida bo'lib o'tgan.

Xuddi ana shu majlis ortidan, karantin amalda bo'lgan vaqt oralig'ida maktab o'quvchilari ishtirokidagi barcha tadbirlarni bekor qilishga buyruq berilgan.

Maktabgacha muassasalar, bolalar bog'chalari ham shahar mas'ullarining e'tiboridan chetda qolmagan.

Bu erlardagi sanitariya-gigiena holati ustidan ham nazoratni kuchaytirish buyurilgan.

Bu yil mintaqaning aksariyat davlatlari erta tushgan qalin bor muammosi bilan to'qnash kelishgan.

Bu kabi holat qo'shni Afg'onistonda o'nlab odamning umriga zomin bo'lgan.

Sovuqdan qotib, nobud bo'lganlar aksariyatining bolalar ekani aytilgandi.

Havo harorati -32 darajaga tushib ketgani bois, ikki haftacha burun Qozog'iston poytaxti Ostonadagi maktablarda ham darslarni to'xtatishga qaror qilingan.

Ostona shahar hokimligi maktablarning 1-9 sinf o'quvchilari uchun mashg'ulotlar bekor etilganini xabar qilgandi.

Mutaxassislar kelayotgan kunlar va oylarda harorat yanada sovishini bashorat qilishgan, ammo o'tgan bir necha kun ichida mintaqada ob-havoning biroz iligani kuzatilgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring