Malayziya Myanmardagi "etnik tozalash"dan g'azabda

Роҳинга мусулмонлари Image copyright Reuters

Malayziya Myanmarni Rohinga musulmonlariga qarshi "etnik tozalash"ni amalga oshirayotganlikda ayblab chiqdi.

Malayziyaning qo'shnisiga nisbatan e'lon qilgan bayonoti juda keskin tilda yozilgan.

"Faqat bir millat quvib solinayotgani etnik tozalash tushunchasiga to'g'ri keladi", deyiladi Malayziyaning Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda.

Rasmiy Kuala-Lumpur oxirgi yillarda 100 minglab Rohingalar o'zi tug'ilib o'sgan erlardan badarg'a qilinganini qayd etgan.

O'z hayoti uchun xavotir musulmonlarni buddaviylar ko'pchilikni tashkil etadigan sobiq Birma hududini tark etishga majbur qilgan.

Rohingalar qo'shni mamlakatlardan panoh topishga harakat qilmoqdalar.

So'nggi yillarda 56000 Rohinga Malayziyadan boshpana topgan.

"Endi bu ichki ish emas, xalqaro masalaga aylandi", deyiladi Malayziya bayonotida.

Shu kuni BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan Myanmarning Raxin shtatiga borgan.

Raxin shtati Birmaning Rohingalar ko'pchilik bo'lib istiqomat qilgan shtati hisoblanadi.

Kofi Annan Raxindagi Rohingalarning Vapeik qishlog'ini borib ko'rgan.

O't qo'yilgani oqibatida qishloqdagi binolarga jiddiy shikast etgan.

Malayziya bayonotiga javoban Myanmar qo'shnisining ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblagan.

Yangon shahrida kam sonli namoyishchilar Malayziyaning Myanmardagi elchiligi binosi oldida to'planganlar va o'zlarining noroziligini bildirganlar.

Bundan oldin BMT Myanmar hukumatini Rohingalarga qarshi "etnik tozalash"da ayblagan edi.

BMTga ko'ra, Birmadagi so'nggi zo'ravonliklar oqibatida 30 ming inson o'zlarining uylarini tashlab ketishga majbur bo'lganlar.

Myanmar hukumatiga ko'ra, 9 oktyabrda Rohinga musulmonlaridan iborat qurolli guruh Raxin shtatidagi politsiya postlariga hujum qilganlar, politsiyachilarni o'ldirib qurol-yarog'ni olib ketganlar.

Ushbu hodisa ortidan Raxin shtatiga Myanmar ko'p sondagi armiya kuchlarini tashlagan.

Raxinga harbiylar tashlanganidan keyin faollar tinch Rohingalar o'ldirilgani, ayollar jinsiy zo'rlangani, uylarga o't qo'yilgani haqida xabarlar tarqatdilar.

Myanmar harbiylari bu ayblovlarni rad etishadi, qurolli qarshilik ko'rsatgan Rohingalar o'ldirildi, deyishadi.

Mnyamar rasmiylari Raxin shtatiga jurnalistlar va xalqaro tashkilotlarning xodimlari kirishlariga izn bermaydi.

Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.

ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek ёки BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг

Bu mavzuda batafsilroq