Мигрантлар ва Мирзиёев: "Иш ўрни, газ ва мулоқот керак"
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Prezident Mirziyoyev: Migrantlar nima kutishmoqda?

Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonning yangi prezidenti etib saylandi.

Janob Mirziyoyevdan O'zbekiston xalqining umidlari katta. Ammo chetdagi muhojirlar nima kutishmoqda?

2003 yildan beri marhum Islom Karimov hukumatida Bosh vazir bo'lib kelgan Shavkat Mirziyoyevga aksar o'zbekistonliklar umid ko'zini tikishgan.

O'zbekistonning haqiqiy demokratik rivojlanish yo'liga o'tishini na ichkarida, na tashqarida hech kim bashorat qilayotgani yo'q.

Biroq marhum Karimovning chorak asrga cho'zilgan repressiv boshqaruvi ortidan yangi prezident xalqqa biroz erkinlik va haq-huquq berarmikan, iqtisodni ko'tarib, ish o'rinlari yaratarmikan, yashash sharoitlarini yaxshilashga intilarmikan, degan umidlar bor.

Ma'lumki, O'zbekiston shu paytgacha o'z xalqi uchun risoladagidek ish o'rinlari yaratib bera olmadi va millionlab o'zbeklar oila boqish uchun Rossiya yo Qozog'istonda turli og'ir ishlarini bajarishga majburlar.

BBC muxbiri Abdujalil Abdurasulov Qozog'istonda mehnat qilayotgan ayrim o'zbekistonliklar bilan suhbatlashgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring